Navbahorlik shaxs besh kundan so‘ng qotillik qilishini aytdi. Ichki ishlar va prokuratura xodimlari holatni nazoratga olgan
Ijtimoiy tarmoqlarda besh kundan keyin qotilga aylanishini aytib, kim bu holatni ko‘rmoqchi bo‘lsa taklif qilgan hamda o‘z raqamini qoldirgan fuqaroning video lavhasi tarqaldi. Lavhada erkak bu ishni qiziga uni hech kim tortib ololmasligini aytib, va'da bergani uchun amalga oshirayotganligini ma'lum qilgan.
O‘rganish ishlari davomida ushbu fuqaro Navoiy viloyati Navbahor tumanida yashovchi Kamoliddin Ergashev bo‘lib chiqdi.
Navoiy viloyati IIB axborot xizmatiga ko‘ra, Kamoliddin Ergashovning sobiq turmush o‘rtog‘i Sh.Z. 2020 yilning 13 dekabr kuni o‘zaro oilaviy kelishmovchilik sababli Nurota tumanidagi ota uyiga ketib qolgan. Ayol qizi turmush o‘rtog‘ining qo‘lida qolganligi sababli fuqarolik ishlari bo‘yicha Navbaxor tumanlararo sudiga ajrim va farzandini o‘zida olib qolish maqsadida ariza bilan murojaat qilgan. 2021 yilning 2 iyun kuni qizaloqni onasiga olib berish bo‘yicha sud qaror chiqargan. Bundan norozi bo‘lgan Kamoliddin Ergashov mast holatda besh kundan so‘ng qotillik qilishi haqida ijtimoiy tarmoqqa videomurojaat yo‘llagan.
Hozirda mazkur holat ichki ishlar va prokuratura xodimlari tomonidan to‘liq nazoratga olgan.
Mavzuga oid
20:03 / 19.11.2024
“Ko‘p kayf qilib yuborganman” - 3 yashar bolaning qotili o‘sha kuni “glyuk”da bo‘lganini aytdi
21:47 / 15.11.2024
Qotil giyohvand bo‘lgan: 3 yoshli bolani o‘ldirgan erkak ustidan sud boshlandi
18:12 / 09.11.2024
Bir chuqurdagi ikki murda – Payariqdagi qotillik tafsiloti
19:18 / 02.11.2024