Amazon asosçisi Jyeff Bezos 20 iyul kuni ukasi va Blue Origin parvozi doirasidagi auksion ğolibi bilan kosmosga parvoz qiladi. U bu haqda Instagram sahifasida ma'lum qildi.

«Beş yoşimdan kosmosga uçişni orzu qilardim. 20 iyul kuni ukam bilan uşbu sayohatga otlanaman. Eng yaxşi döstim bilan qoyilmaqom sayohatga», — deb yozdi Bezos.

Milliarderga tegişli Blue Origin kompaniyasi öz Twitter-akkauntida Bezos va uning ukasi bilan birga kosmosga 12 iyun kuni yakunlanadigan auksion ğolibi ham uçişini ma'lum qildi.

Avvalroq Blue Origin kompaniyasi New Shepard kosmik kemasida parvoz qiliş çiptasini onlayn-auksionga qöygandi.

Çipta uçun tölangan pul Blue Origin taşkil etgan Club for the Future fondiga ötkaziladi. Fondning maqsadi yoşlarning fan, texnologiya, injyeneriya va matematika sohalariga qiziqişini oşiriş hamda kosmosdagi hayot ğoyasini rivojlantirişdan iborat.

2018 yilda Reuters manbalari New Shepard kemasida parvoz qiliş narxi 200 ming dollardan 300 ming dollargaça bölişini va narx kompaniyaning raqobatçisi bölgan milliarder Riçard Brensonning Virgin Galactic kompaniyasi rejalaridan kelib çiqib belgilanişini aytişgandi.

New Shepard taşuvçi raketasi olti nafar yölovçini Yerdan 100 km balandlikka olib çiqişga möljallangan (taqqoslaş uçun, XKS orbitasi örtaça 420 km balandlikda).