Özbekistonda birinçi marta minimal iste’mol xarajatlari e’lon qilindi
Respublika aholisining minimal iste’mol xarajatlari miqdori dastlabki hisob-kitoblarga köra, kişi boşiga bir oyda 440 ming söm etib belgilandi.
Hozirga qadar kambağallik çegarasi real körsatgiçlarga asoslanmagan edi. Endilikda şu qiymat orqali kambağallikka qarşi kuraşişda bu çegaradan foydalanalişi ma’lum qilindi. MIX aholiga moddiy-ijtimoiy yordam berişda, pensiya va nafaqalari tayinlaşda yaxşi samara beradi.
1 iyuldan pensiya va nafaqalarning eng kam miqdori oşiriladi
Joriy yilning 1 iyulidan boşlab iş staji töliq bölmagan çoğdagi pensiyalarning eng kam miqdori qöşimça tölovni hisobga olgan holda 256 ming sömdan 400 ming sömga oşiriladi.
Şuningdek, belgilangan yoşga doir eng kam pensiya miqdoridan 565 000 sömgaça pensiya oluvçilarning yoşga doir va nogironlik böyiça pensiyalari miqdori 565 000 sömga, zarur iş stajiga ega bölmagan keksa yoşdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqa miqdori 315 030 sömdan 400 000 sömga yetkazildi.
Boquvçisini yöqotganlik uçun hamda bolalikdan nogironligi bölgan şaxslar uçun ham nafaqalar oşirilmoqda.
Özbekistonda 2 000 va 20 000 sömlik kupyuralar muomalaga çiqariladi
Yangi kupyuralar 2021 yilning 14 iyunidan muomalaga çiqarilişi kutilmoqda. Kupyuralar dizayni tasdiqlandi.
Mazkur banknotlar tematikasi «Buyuk Ipak yöli» va mamlakat hududidagi qadimiy Buxoro şahri va Qoraqalpoğiston Respublikasi tarixiga bağişlangan.
Soliqlarni bölib-bölib tölaş imkoniyati haqida batafsil ma’lumot berildi
2021 yil 1 iyundan boşlab uç yildan ortiq vaqtdan buyon faoliyat körsatayotgan hamda hisoblangan soliqlarni muddatida töliq tölab kelgan, lekin moliyaviy ahvoliga köra, soliq qarzini tölaş imkoniyatiga ega bölmayotgan tadbirkorlik sub’yektlari soliqlarni bölib-bölib tölaşi mumkin böladi.
Garovsiz bölib-bölib tölanadigan soliq summasi tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan oxirgi uç yil davomida tölangan soliq summasining 50 foizidan oşmasligi lozim.
Bu borada muhim savollarga Moliya vazirligi mas’uli batafsil javob berdi.
Yer-mulk soliği miqdorini obektning bozor qiymatiga qarab belgilaşga ötiladi
Moliya vaziri örinbosari Dilşod Sultonov Özbekistonda yer va mol-mulkka uning bozor qiymatidan kelib çiqqan holda soliq soliş tizimi işlab çiqilayotganini ma’lum qildi.
«3 qavatli uyi bor odam 3 barobar köp soliq tölaşi kerak. Bu yerda asosiy maqsad – bozor qiymatiga keliş. Agar sizning kvartirangiz yoki hovlingiz qimmat bölsa, meniki undan arzonroq bölsa, men sizdan kamroq soliq tölaşim kerak. Bozor qiymatidan kelib çiqilsa, şunday böladi. Biz barqaror tizim yaratiş orqali adolatni ta’minlamoqçimiz», dedi vazir örinbosari.
Buxoroda 2,8 milliardlik gaz-kimyo majmuasi quriladi
Özbekiston Energetika vazirligi Buxoro viloyatida Rossiya bilan hamkorlikda qurilayotgan yirik gaz-kimyo majmuasi loyihani «MDHda tengsiz» deb ta’rifladi.
Majmua MTO (metanoldan-olefinlar) texnologiyasiga asoslanadi. Loyihani moliyalaştiriş va moliyalaştiriş bilan boğliq xatarlarni suğurtalaş uçun 800 million dollar ajratilmoqda.











