Apple kompaniyasi WWDC 2021 anjumanida iOS 15 operatsion tizimi taqdimotini ötkazdi.
Ma'lumot berilişiça, FaceTime yangilanişlarga ega böldi. Jumladan, SharePlay rejimida Apple Music orqali birgalikda qöşiqlar eşitiş yoki filmlar tomoşa qiliş mumkin böladi. Seansning istalgan iştirokçisi kontentni qöyişi, töxtatişi yoki ötkazişi mumkin. Bundan taşqari, FaceTime çatiga Apple qurilmasiga ega bölmaganlar ham brauzer orqali ulanişi qöşila oladi.
Şuningdek, iOS 15 operatsion tizimida foydalanuvçi kiruvçi xabarlarni filtrlaşi mumkin: bunda u ayni vaqtda kimlardan xabarlar kelişi mumkinligini belgilaydi. Zarur bölmagan xabarlar esa keyinroq, belgilangan vaqtda aks etadi.
Kameralar fotosuratlardagi matnlarni taniy oladi hamda nusxa köçiradi. Spotlight dasturi esa suratga olingan joy, odamlar, manzara va obektlar orqali fotosuratlarni qidiriş imkonini beradi.
Lokator xizmatida öçirib qöyilgan va ma'lumotlar öçirib taşlangan qurilmani topiş imkoniyati paydo böladi.
iOS 15 operatsion tizimining beta-versiyasi foydalanuvçilar e'tiboriga iyulda havola etiladi.












