2 yil davomida 120 ming gektardan ziyod yer talon-toroj bölgan yoki hokimlar tomonidan maqsadsiz berib yuborilgan. Bu haqda AOKAda ötkazilayotgan matbuot anjumanida boş prokuror örinbosari Şavkat Rahimov ma'lum qildi.
Uning sözlariga köra, 2 yilda prokurorlar tomonidan 7500dan ortiq yerga oid qarorlarni bekor qilişga oid protest kiritilgan.
“Ma'muriy sudlar tomonidan yerga oid tuman hokimlarining 2500dan ortiq qarori bekor qilingan. Yerga oid qonunçilik böyiça 588 nafar şaxsga nisbatan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda”, dedi Şavkat Rahimov.
Öz navbatida, adliya vaziri Ruslanbek Davletovning bildirişiça, uyi “snos”ga tuşganlarga yer emas, pul beriladi.
“Uyi snosga tuşganlar, harbiylar va boşqa imtiyozli, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarga yer emas, pul beriladi. Ya'ni imtiyozlar monetizatsiya qilinadi, davlat subsidiya beradi”, dedi adliya vaziri.












