900dan ziyod oziq-ovqat mahsulotlari uçun qayta sertifikatlaş tizimi tugatiladi. Bundan taşqari, deklaratsiyalaş mexanizmini amaliyotga qöllaş orqali korxonalar özlari işlab çiqargan bir qança mahsulotlarining sifati va xavfsizligiga özlari kafolat beradi.

Investitsiya va taşqi savdo vazirligida Texnik jihatdan tartibga soliş agentligining tuzilişi va sohada amalga oşirilişi kutilayotgan özgarişlarga bağişlangan matbuot anjumani ötkazildi.

Yangi tuzilgan agentlik direktori Dilşod Sattorovning ta'kidlaşiça, bir qança mahsulotlarga takroriy sertifikatlaş talablari bekor qilinmoqda.

«Bugungi kungaça mavjud bölgan oziq-ovqat va qişloq xöjaligi mahsulotlariga takroriy sertifikatlaşni talab etadigan me'yor va talabning bekor qilinişi 900dan ziyod oziq-ovqat mahsulotlari uçun qayta sertifikatlaşni tugatmoqda. Bundan keyin uşbu mahsulotlar sanitariya-epidemiologiya nazoratidan ötganidan keyin iste'molga çiqişi közda tutilmoqda. Qolgan laboratoriya yoki idoralararo sinov sertifikatlaş tizimlari talab etilmaydi.

Ötgan 2020 yilda 157 mingta şunday sertifikatlar taqdim qilingan bölsa, joriy yilda bu raqamlar 60 mingtagaça kamayadi.

Bundan taşqari deklaratsiyalaş mexanizmini qöllaş amaliyotga tatbiq qilinmoqda. Oldinlari bu jarayonda faqatgina sertifikatsiyalaş tizimi qöllab kelingan. Endilikda korxonalar özlari işlab çiqargan mahsulotlarining sifati va xavfsizligiga özlari kafolat beradi. Bu tadbirkorlarga berilayotgan qulaylik va işonç hisoblanadi. Şuningdek, uçinçi tomon hisoblangan sertifikatsiyalaş idoralaridan takroriy sinovlarni ötkaziş talab etilmaydi.

Buning natijasida sertifikatlaşadigan mahsulotlarning miqdori 540 taga kamayadi. Bu tadbirkorlar tomonidan qilinadigan sarf-xarajatlarning ham kamayişiga olib keladi», deya ta'kidladi Dilşod Sattorov.

Avvalroq, «Özstandart» agentligi tugatilib, uning funksiyalari Investitsiyalar va taşqi savdo vazirligi huzuridagi yangi Texnik jihatdan tartibga soliş agentligiga ötkazilganligi xabar qilingandi.