Prezident qarori bilan Akmal Röziquloviç Jumanazarov Özbekiston texnik jihatdan tartibga soliş agentligi direktori lavozimiga tayinlandi. Şu sababli, energetika vazirining örinbosari lavozimidan ozod etildi.

Jumanazarov 2023 yil fevralidan buyon energetika vazirining elektr energetikasi va kömir sanoati masalalari böyiça örinbosari lavozimida işlayotgandi.

U muqaddam Vazirlar Mahkamasi Geologiya, energetika, sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini rivojlantiriş masalalari departamentining boşliği lavozimida faoliyat yuritgan.

Texnik tartibga soliş agentligi 2021 yilda prezident farmoniga asosan Standartlaştiriş, metrologiya va sertifikatlaştiriş agentligi negizida taşkil etilgan. Agentlik texnik jihatdan tartibga soliş va metrologiya sohalarida davlat siyosatini amalga oşiruvçi respublika davlat boşqaruvi organi hisoblanadi.

Özbekiston texnik jihatdan tartibga soliş agentligi «Özstandart» agentligining huquqlari, majburiyatlari va şartnomalari, şu jumladan xalqaro şartnomalari böyiça huquqiy vorisi hisoblanadi.

  • 2018 yildan «Özstandart» agentligi (avvalgi Standartlaştiriş, metrologiya va sertifikatlaştiriş agentligi, hozirgi Texnik tartibga soliş agentligi) direktori bölib işlagan Dilşod Sattarov 2024 yil yanvarida «öz tizimidagi kamçiliklar va sustkaşlik» uçun lavozimidan ozod etilgandi.