Joriy yilning 8 iyun kuni poytaxtning Mirzo Uluğbek tumanida "Spark" maşinasi yonib ketgan. Bu haqda YHXBB axborot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilişiça voqea 8 iyun kuni soat 22:45 larda, Toşkent şahar, Mirzo Uluğbek tumani "Qorasuv-6" dahasida, haydovçi I.R. "Spark" avtomobilida harakatlanayotib, uşbu hududda joylaşgan "Makro" supermarketi yaqiniga yetgan vaqtida avtomobilning dvigatel qismida qisqa tutaşuv bölayotganligini payqagan va transport vositasini töxtatgan. Qisqa tutaşuvdan söng avtomobilda yonğin yuzaga kelgan.
Yonğin öt öçiruvçilar tomonidan bartaraf etilgan. Hodisa natijasida tan jarohati olganlar yöq. Avtomobilga zarar yetgan.
Mazkur hodisa yuzasidan Mirzo Uluğbek tumani FVB va YHXB xodimlari tomonidan suriştiruv harakatlari olib borilib, yonğin yuzaga keliş sabablari örganilmoqda.











