Vazirlik matbuot xizmati Kun.uz'ga Murodullo Xolmuhamedov boşqa işga ötişi munosabati bilan lavozimini tark etganini ma'lum qildi.
Murodullo Xolmuhamedov 2017 yildan buyon vazirlikning Kasb-hunar ta'limi markazi rahbari hamda 2019 yildan vazir örinbosari sifatida işlab kelayotgandi. U bungaça vazirlikning Samarqand viloyati boşqarma boşliği lavozimida ham faoliyat yuritgan.
Şu yil aprel oyidagi prezident qaroriga köra, vazirlik va markaziy idoralarda rahbar örinbosari lavozimlaridan 40 tasi qisqartirişga tuşgandi. Qarorda, oliy va örta maxsus ta'lim vazirining ikki örinbosari lavozimi bekor qilinişi körsatilgan: ulardan biri kasb-hunar ta'limi masalalari böyiça örinbosar lavozimi ekani ta'kidlanib, ikkinçi örinbosar lavozimi qaysi ekaniga aniqlik kiritilmagan.
Kun.uz manbasiga köra, qisqartirilayotgan ikkinçi mansab – vazirning axborot texnologiyalari va yoşlar böyiça örinbosari lavozimidir.
Bu lavozimda 31 yoşli Yusuf Absoatov işlab kelmoqda. U 2020 yil yanvarida prezident ötkazgan yiğilişda vazir örinbosarligiga tavsiya qilingandi. U öşa vaqtda Özbekiston Milliy universitetining 2-bosqiç magistratura talabasi edi.
Eslatib ötamiz, 4 yil mobaynida oliy va örta maxsus ta'lim vazirining fan va innovatsiyalar böyiça örinbosari lavozimida işlab kelgan Uzoqboy Begimqulov kuni keça maktabgaça ta'lim vaziri örinbosari etib tayinlandi.












