Uşbu xabarlarga ilova qilingan suratda Moliya vazirligining Oliy sudga yöllagan javob xati eks etgan bölib, unda Oliy sud huzuridagi Sudlar faoliyatini ta'minlaş departamentining hududiy bölimlari tomonidan sud raislarini xizmat avtomaşinasi bilan ta'minlaş maqsadida 347 mln sömdan viloyatlar va Qoraqalpoğiston Respublikasi uçun jami 26 dona Skoda Kodiaq Ambition rusumli va 369 mln sömdan Toşkent şahri uçun jami 3 dona Malibu-2 rusumli transport vositalari xarid qilinişiga vazirlik tomonidan e'tiroz yöqligi bildirilgan.
Oliy sud axborot xizmati rahbari Aziz Obidov uşbu masalada Kun.uz’ga ma'lumot berdi. U «Sudlar töğrisida»gi qonunning 79-moddasiga muvofiq joriy yilning may oyida viloyat va unga tenglaştirilgan sudlar raislariga Sud hokimiyati organlarini rivojlantiriş jamğarmasi mablağlari hisobidan 26 dona Skoda Kodiaq va 3 dona Malibu-2 avtomaşinalari xarid qilinganini tasdiqladi.
Oliy sud rasmiysi mazkur avtomaşinalarning xarid qilinişi sababini viloyat sudlari raislarining xizmat avtotransport vositalari ekspluatatsiya muddatini ötagani hamda ma'nan va jismonan eskirgani bilan izohladi.
«Ayni paytda turli ijtimoiy tarmoqlarda sudlar uçun xarid qilingan xizmat avtotransport vositalari xususida turli tanqidiy maqolalar çiqmoqda. Uşbu maqolalarda qandaydir qonun buziliş holati yoki biror-bir me'yoriy hujjatga amal qilinmaganlik holati körsatilmagan. Şu bilan birga, sud tizimi uçun xarid qilingan avtomaşinalarda uşbu holatlar mavjud emas.
Jumladan, Vazirlar Mahkamasining «Davlat boşqaruvi va mahalliy davlat hokimiyati organlarida xizmat avtotransport vositalaridan foydalaniş tizimini tubdan takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi 2021 yil 29 apreldagi 258-sonli qarorida ham sud organlari kiritilmagan. Şunga köra, mazkur qarorlarda belgilangan me'yorlar va çeklovlar sud organlariga tegişli emasligi eslatib ötiladi», – deydi Aziz Obidov.
Aytiş joizki, yuqoridagi hukumat qarorida xizmat avtomobillari xarid qilişga qöyilgan çeklovlar davlat boşqaruvi va mahalliy davlat hokimiyati organlari, ya'ni ijro hokimiyati tizimi uçun belgilangan. Qarorda qonun çiqaruvçi va sud hokimiyati mansabdorlari uçun biror çeklovlar nazarda tutilmagan.
Ma'lumot uçun, hukumat qaroriga asosan, davlat boşqaruvi organlarining Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar, Toşkent şahar bölinmalari rahbarlari uçun BHMning 700 baravari (171,5 mln söm)dan yuqori narxdagi xizmat avtomobili sotib oliş taqiqlanadi.











