Xitoydagi Nankin pedagogika universitetining Çjunba kolleji talabalari öquv yurtining boşqa ta'lim muassasasi bilan birlaşişiga yöl qöymaslikni talab qilib, kollej direktorini garovga oldi, deb xabar berdi Hong Kong Free Press naşri.
Danyan şahri politsiyasining ma'lumot berişiça, talabalar 55 yoşli direktorni 30 soatdan ortiq vaqt davomida garovda uşlab turgan.
Qayd etilişiça, talabalar kollej nufuzi unçalik yuqori bölmagan öquv yurti bilan birlaşiş jarayonini boşlagani sababli ana şunday harakatga qöl urgan. Ular kollejni bitirgandan söng oladigan diplomlari nufuzi tuşib ketişidan xavotirlangan.
Uşbu voqeadan söng Tszyansu provinsiyasidagi barça olti kollej birlaşiş töğrisidagi reja töxtatilişini e'lon qilgan.












