Özbekiston Mudofaa vazirligi tomonidan Davlat xaridlari portaliga premium-klassdagi tilla qoplamali 2 dona ruçka sotib oliş taklifi joylaştirildi.
Vazirlik uşbu qimmatbaho ruçkalarning har biri uçun 15 million sömdan, jami 30 million söm taklif qilgan.
9 iyun kuni joylaştirilgan lot uçun takliflar 16 iyunga qadar qabul qilinadi.

Uşbu davlat buyurtmasi e'lon qilinişi bilan jamoatçilikda uşbu qimmat ruçkalarning nima maqsadda işlatilişi böyiça turli savollar va haşamat uçun budjet mablağlari sarflanişi yuzasidan e'tirozlar paydo böla boşladi.
«Har biri 15 milliondan «premium-klassdagi tilla qoplamali» yaxşi ruçka. Mudofaa vazirligiga esa balli!» – deya kinoya qiladi bu holatga birinçi bölib e'tibor qaratgan Kurbanoff.net kanali muallifi.
«15 million sömga olingan ruçkani Mudofaa vazirligi qay maqsadlarda işlatar ekan, qiziq.
Milliardlik şartnomalarga imzo qöyişgami? Himoya uçunmi? Yo qarşi hujum taktikasi uçunmi?» – deya savollar qöyadi bakiroo.
Kun.uz bu masalada izoh oliş uçun Mudofaa vazirligi axborot xizmati rahbari Bahrom Zulfiqorov bilan boğlandi. Uning ma'lum qilişiça, davlat xaridi böyiça tanlov vazirlikning Işlar boşqarmasi tomonidan e'lon qilingan bölib, tanlovga qöyilgan ruçkaning ta'rifida va narxida anglaşilmovçilik bölgan. Ya'ni aslida tilla rangli ruçkaga buyurtma berilgan bölgan va bu notöğri tuşunilib, tilla qoplangan ruçkaga buyurtma berib yuborilgan va 15 mln sömlik narx ham şunga monand taxminan belgilangan.
Bahrom Zulfiqorov vazirlik 15 mln sömga tilla ruçka olişday dabdabaga öç emasligini ta'kidlab, anglaşilmovçilikka tez orada çek qöyilişini bildirdi. Uning qöşimça qilişiça, tilla rangli ruçkalardan vazirlikning xalqaro munosabatlar doirasidagi tadbirlarida foydalaniş möljallangan va bunday ruçkalar narxi bozorda 100 ming söm ham turmaydi.
















