Surxondaryo viloyat hokimligi 2 dona Skoda Kodiaq Ambition maşinasini sotib oldi. Avtomobillar har biri 347 mln sömdan xarid qilingan (1, 2).

Kun.uz hokimlik matbuot kotibi Zahiriddin Törayevdan olgan ma’lumotga köra, xorijda işlab çiqarilgan maşinalar viloyat hokimining yangi örinbosari va maslahatçisi uçun sotib olinyapti.

Törayev ikkala avtomobil ham hukumatning şu yil apreldagi tegişli qarori talablari asosida xarid qilinganini bildirdi.

Şu yil aprel oyida qabul qilingan qarorga asosan, viloyatlar hokimlarining örinbosarlari uçun sotib olinadigan avtomobillarning eng yuqori narxi 1500 BHM deb belgilangan. Bu – hozirgi vaqtda 367,5 mln sömni taşkil etadi (1500x245000). Biroq qarorda viloyat hokimlarining maslahatçilari uçun avtomobil sotib olinişi me’yorlari belgilanmagan.

Eslatib ötamiz, Kun.uz avvalroq sudyalar uçun 26 ta Skoda Kodiaq va 3 ta Malibu-2 avtomobillari sotib olinayotgani haqida xabar bergandi. Navoiy viloyati hokimligi esa Malibu-2 avtomobilini qonunçilikka zid ravişda xarid qilmoqda.