Senat Fan, ta'lim va soğliqni saqlaş masalalari qömitasi raisi Odiljon Iminovning ma'lum qilişiça, qömita tomonidan mazkur holat yuzasidan Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligiga sörov yuborilgan. Uşbu sörovga Vazirlik öz javobini bildirdi.

Unda qayd etilişiça, oliy ta'lim muassasalariga bitiruvçi kurs talabalaridan diplom oliş uçun iş beruvçi korxonalardan şartnoma olib kelişi yuzasidan topşiriq berilmagan. Biroq ayrim oliy ta'lim muassasalarida talabalardan iş beruvçi korxonalardan şartnoma talab qilinayotgan holatlar bölsa Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi “Işonç” telefonlariga murojaat qiliş mumkinligi ma'lum qilingan.

Mazkur masala yuzasidan turli e'tirozlar yuzaga kelmasligi uçun oliy ta'lim muassasalari rahbariyati va mas'ul şaxslar qat'iy ogohlantirilgan.

“Şu örinda ta'kidlaş joizki, kelajagimiz egalari bölmiş yoş avlod vakillarini har tomonlama qöllab-quvvatlaş doimiy e'tiborimiz markazida bölişi lozim”, deydi Odiljon Iminov.