Nizomga köra, TDYuU bakalavriatiga abituriyentlar qabul parametrlaridan taşqari TDYuU tomonidan belgilanadigan örinlar soniga mos ravişda qabul qilinib, tölov-kontrakt asosida öqiydi.
Öqişga qabul qiliş suhbat natijalariga köra reyting tizimi böyiça töplangan ballar asosida amalga oşiriladi.
Bunda har yili 10 iyundan keçikmasdan maxsus komissiya taşkil etiladi. Bitiruvçilar har yili 20 iyundan keçikmasdan maxsus komissiyaga tavsiyanoma berişni sörab ariza bilan murojaat qiladi. Maxsus komissiya faqat komissiya taşkil etilgan tegişli öquv yili bitiruvçilarining arizalarini körib çiqadi (20 iyundan boşlab 5 iş kunidan oşmagan muddatda).
Nizomga köra, har yili 1 iyuldan keçikmasdan suhbat komissiyasi tuzilib, yakka tartibdagi suhbat har yili 10-20 iyul kunlari ötkaziladi. Suhbat natijalari reyting tizimi böyiça abituriyentga qöyilgan (0 dan 100 gaça oraliqdagi) ballar asosida aniqlanadi. Suhbat jarayoni va natijalarini qayd etişda video va audioyozuvlardan foydalaniladi. Natijalar TDYuU rasmiy veb-saytida suhbat ötkazilgandan söng keyingi iş kunida e'lon qilinadi.
Öqişga qabul qiliş suhbatiga çet tilini biliş darajasini tasdiqlovçi hujjat, şaxsiy yutuqlari, öqiş davrida intizomiy çora qöllanilmaganligi, öqiş natijalariga köra yuqori reyting körsatkiçlariga ega akademik litsey bitiruvçilari kiritiladi hamda suhbat jarayonida töplangan ballar asosida qabul qilinadi.
TDYuU bakalavriatiga abituriyentlarni qabul qiliş uçun yakka tartibdagi suhbatni qayta ötkazişga yöl qöyilmaydi. Akademik litsey tomonidan berilgan tavsiyanoma ikki yil davomida amal qiladi.

















