DW naşri Yaponiyadagi falokat Germaniyaning energetika siyosatida tub buriliş yasagani haqidagi tarixni esladi.
10 yil muqaddam, 2011 yilning 9 iyunida Germaniya hukumati asriy qaror qabul qildi – atom energetikasidan töliq voz keçiş. Germaniya kansleri Angela Merkel bundestagda çiqiş qilib, 2022 yilgaça atom energiyasidan töla voz keçiş haqidagi beş bosqiçli rejani ma'lum qildi. U atom energetikasidan voz keçiş haqidagi qarorni «Gerakl qadami» deb atarkan, Germaniya «kelajak elektr energiyasi» tomon katta qadam taşlagan dunyodagi ilk rivojlangan sanoat mamlakati bölişiga işonç bildirgandi.
Germaniyaning energetika siyosati keskin buriliş qilişiga Yaponiyaning «Fukusima-1» atom elektrstansiyasidagi avariya sabab bölgan: kansler bu halokatni «dunyo uçun buriliş voqeasi» deb atagandi. «Fukusimadagi avariya yadro energiyasi bilan boğliq risklarni nazorat qilib bölmasligini körsatdi. Buni tan olganlar uni boşqaçaroq baholaşlari kerak», deya bayonot bergandi Merkel xonim öşanda.
«Fukusima»dagi halokat
2011 yil 11 martda Yaponiya tarixidagi eng qattiq yer silkinişi (9,0 magnituda) Tinç okeanida sunami hosil qilgandi. Gigant tölqinlar «Fukusima-1» atom elektrstansiyasiga yopirildi. Turli qurilmalar, zaxira generatorlari va batareyalari joylaşgan yertölalar suv bilan tölgandi.

Natijada stansiyadan quvvat töliğiça ketadi va favqulodda sovitiş tizimi işlamay qoladi. Keyingi kunlarda stansiyaning olti energoblokining uçtasidan yadro yonilğisi sizib çiqadi va u yerda vodorod töplanib, reaktorlarda aralaş moddalar portlaşlariga sabab böladi.
1986 yilda «Çernobil» AESda sodir bölgan halokatdan keyin dunyo yadro energetikasida bunday kölamdagi avariya kuzatilmagandi. Fukusima fojiasi Çernobildagidan farqli ölaroq, atom energetikasining eng aşaddiy tarafdorlarini ham öylaşga majbur qilib qöydi: Yaponiya yuqori xavfsizlik standartlariga ega texnologiyalar mamlakati edi.
Merkelning yadro energetikasiga bölgan işonçi söndi
«Fukusima»dagi avariyaga qadar diplom böyiça sohasi fizik-yadroçi bölgan Angela Merkel yadro energetikasidan xavfsiz foydalaniş mumkin deb bilardi. 2006 yilda u özidan avvalgi kansler bölmiş sotsial-demokrat Gerxard Şryoderning 2000 yilda Germaniyadagi AESlarni bosqiçma-bosqiç yopiş haqidagi qarorini qattiq tanqid qilgandi.





















