«Biz koronavirus paydo bölişini muhokama qildik. Fikrimizça, bu borada barça versiyalar muhokama qilinişi kerak va biz virusning kelib çiqişini batamom aniqlaş uçun tergovning ikkinçi bosqiçiga ötişimiz lozim», deb aytgan Gebreyyesus.
U koronavirus laboratoriyadan çiqib ketgan bölişini istisno qilmasligini aytgan.
«Xitoy tomonidan tergovning boşlanğiç bosqiçida yetarliça oçiq-oydinlik va hamkorlik bölmadi», deb qöşimça qilgan JSST rahbari.
Gebreyyesus 3,75 mln kişi pandemiya qurboni bölganini va «bu odamlarga hurmat yuzasidan va kelgusida boşqa bunday pandemiyaga yöl qöymaslik uçun virusning kelib çiqişini aniqlaş zarurligini» aytgan.
Virusning kelib çiqişi borasidagi bahs hamon davom etmoqda. Ğarb davlatlari, xususan, AQŞ bunda Xitoyni ayblayapti. Xitoy esa pandemiyaga javobgar emasligini aytib, öziga bildirilayotgan barça ayblovlarni rad etib kelmoqda.
Mart oyida JSST öz mutaxassislarining koronavirus ilk bor qayd etilgan Xitoyning Uhan şahriga safaridan keyin virus kelib çiqiş manbayini aniqlaşning imkoni bölmagani ma'lum qilgan. JSST ekspertlari virus laboratoriyadan çiqib ketgan bölişi mumkinligi ehtimoli ozligini aytişgandi.
Biroq may va iyunda AQŞ OAVda koronavirus Uhandagi laboratoriyadan çiqib ketganiga işora qiluvçi materiallar paydo böla boşladi. Jumladan, The Wall Street Journal naşri virus qözğatuvçisi tabiiy yöl bilan paydo bölgan koronavirusda heç qaçon kuzatilmagan genetik izga egaligini ma'lum qildi. AQŞ prezidenti Jo Bayden razvedkadan koronavirus kelib çiqişini aniqlaş böyiça işlarni kuçaytirişni talab qilgan.












