Buxoroda telekommunikatsiya tarmoğidan noqonuniy foydalangan uç nafar talabaga jinoiy iş qözğatilgan. Bu haqda viloyat IIB xabar bermoqda.
Ma'lum qilinişiça, Buxoro viloyati huquqni muhofaza qiluvçi idoralar xodimlarining hamkorlikdagi tadbiri davomida, Buxoro tibbiyot instituti talabasi Ğijduvon tumani Yangiobod mahallasida yaşovçi, 2002 yilda tuğilgan N.N., mahalladoşi, Buxoro davlat universiteti talabasi, 2001 yilda tuğilgan A.E. va uning kursdoşi Ğijduvon tumani Dilkuşo mahallasida yaşovçi, 2002 yilda tuğilgan H.F.lar uşlangan.
Qayd etilişiça, ular oldindan jinoiy til biriktirib, noqonuniy daromad oliş maqsadida vaqtinça yaşab kelgan Buxoro şahar Piridastgir köçasidagi ijara uyda özlariga tegişli bölgan «Redmi 6A», «Redmi Note 9», «Samsung A11» rusumli uyali telefonlar xotirasiga «SimCash» dasturini örnatgan. Söng, xalqaro trafikni ötkaziş maqsadini közlab, telekommunikatsiya tarmoğidan qonunga xilof ravişda (ruxsatsiz) foydalaniş va ularning faoliyat körsatişi uçun şaroitlar yaratiş jinoyatini sodir etgan.
Ta'kidlanişiça, mazkur holat yuzasidan N.N., A.E. va H.F. larga nisbatan Jinoyat kodeksining 278⁷-moddasi 2-qismi «a» bandi bilan jinoyat işi qözğatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.











