Denov Xalq ta'limi bölimiga qaraşli 75-, 78-maktablar tasarrufidagi yer maydonlarini tadbirkorlar egallab olmoqda.
75-maktab kiriş darvozasidagi inşoot qurilib boşlaganiga 5 yil bölganiga qaramay hanuz yakuniga yetmagan. Buning sababi uşbu quriliş işlari tegişli hujjatlarga ega emas.
78-maktab hududidagi inşoot esa 3 qavatdan iborat qilib qurilgan. 78-maktab hududidagi quriliş işlaridan mahalla aholisi noroziçilik bildirib prokuraturaga murojaat qilgan. Ammo prokuratura hanuzgaça aholiga javob bermagan.

Prezidentning «Xalq ta'limi tizimiga boşqaruvning yangi tamoyillarini joriy etiş çora-tadbirlari töğrisida»gi qaroriga asosan maktablarning yer uçastkalari va köçmas mulki Xalq ta'limi vaziri bilan kelişmasdan turib begonalaştirilişi mumkin emas.
Hokimliklar ta'lim muassasalarining yer uçastkalarini ta'lim sohasidan boşqa maqsadlarda yuridik va jismoniy şaxslarga berişi qa'tiyan taqiqlangan.











