Ma'lum bölişiça, 14 iyun kuni «My5» telekanali «Markaziy studiya» körsatuvi xodimlari Iştixon dehqon bozoridagi oziq-ovqat rastalarida sodir bölgan yonğin tafsilotini yoritiş uçun voqea joyiga borgan. Ammo bu yerda jurnalistlar tuman hokimligi axborot xizmati xodimi Ilhom Boboyevning qarşiligiga uçragan. Tarqalgan videolarda voqealar tasvirga olinayotgan vaziyatda axborot xizmati xodimi kamera xotira kartasini suğurib olayotgani ham tuşib qolgan.

«My5» muxbirining Kun.uz’ga ma'lum qilişiça, ijodiy guruh yonğin sodir bölgan hududga borganida, mahsulotlari yonib kul bölgan tadbirkorlar bilan suhbatlaşayotgan tuman hokimini uçratgan va holat böyiça qisqaça izoh ham olgan.

«Biroq hokimlik axborot xizmati aynan yonğin joyidan tasvirlar olişimizga qarşilik körsatib, muammo hal bölganini ayta boşladi. Biz heç qanday muammoni emas, bölgan voqeani yoritmoqçimiz, deyişimizga qaramasdan qarşilik körsatişda davom etdi. Keyin esa tösatdan kameramizdan xotira kartasini olib qöydi.

Şeriklarim uning kartani oğziga solib çaynab yuborganini aytmoqda. Axborot xizmati xodimi kartani çaynab yöq qildimi, yutib yubordimi, nima qildi, aniq bilmayman. Ammo unda juda muhim işlarimiz bor edi.

Tezda vaziyatga IIB xodimlari aralaşib, Ilhom Boboyevning bizga qarşiligini töxtatdi, ammo baribir xotira kartasiz qoldik», deydi muxbir.

Kun.uz Iştixon tuman hokimligi axborot xizmati rahbari bilan boğlandi.

«Bozordagi holatni örganiş uçun keçasi soat 01:00da borgandik. Tuşga yaqin endi odamlarni tinçlantiray deganimizda hammasi qaytadan boşlandi. Fuqarolardan intervyu olişlari jarayonida yana odam yiğilib ketdi. Odamlar jazavada ekanini bir neça bor tuşuntirdim, odamlar, ayollar yana urişib ketişdi. Xullas, tuşunmovçilik böldi», deydi hokimlik axborot xizmati rahbari.

Hokimlik axborot xizmati bu borada tez orada rasmiy ma'lumot berilişini bildirdi.