36 yoşli Nasiba tuğuruq uçun şifoxonaga kelganida heç kim oradan tört kun ötib uning ölimi haqida xabar tarqalişini tasavvur qilmagandi. Bu vaqt içida avval homila nobud böldi, söng onaning ahvoli oğirlaşib bordi va özi ham vafot etdi. Yaqinlari bu jarayonda şifokorlar beparvolik qilganini iddao qilmoqda. Şifokorlar esa bu da’volarni rad etyapti.

Kun.uz voqea iştirokçilari bilan suhbatlaşib, 10 apreldan 14 aprelgaça bölgan voqealar zanjirini qayta tiklaşga harakat qildi.

Xavf qaçon boşlangandi?

Samarqand viloyati Iştixon tumanida istiqomat qilib kelgan Nasiba Elmurodova törtinçi farzandini dunyoga keltiriş uçun 10 aprel kuni soat 14.00 lar atrofida tuman soğliqni saqlaş bölimiga olib kelinadi. Uning ovsini Ozoda Mixliboyevaning aytişiça, qabul bölimidagi şifokorlar bemorni dastlab UZI tekşiruvidan ötkazişni söraşgan. Tekşiruv natijalari topşirilganidan keyin ayol şifoxonada qoldirilgan.

Soat taxminan 16:00 ga kelib navbatçilik almaşadi va Nasiba Elmurodova akuşer-ginekolog Tölqin Eştemirov nazoratiga ötadi. Oila a’zolarining aytişiça, bu vaqtda şifokor bemorning yaqinlariga heç qanday jiddiy xavf haqida gapirmagan. Aksinça, ayol tuğuruqni tabiiy yöl bilan ötkazişi mumkinligi ma’lum qilingan va şu sabab ular uylariga qaytişgan.

Ozoda Mixliboyeva uyga borganidan söng ham ovsini bilan telefon orqali aloqada bölib turganini aytmoqda. Uning sözlariga köra, Nasiba özini yaxşi his qilmayotganini bildirgan.

«Şifokor kördimi?» degan savolga u «Yöq», deb javob bergan. Ozoda uni şifokorlar oldiga borişga undaganida esa: «Yursam suv ketyapti», degan.

Bu, ehtimol, marhumaning voqealar zanjiridagi sönggi töğridan-töğri aytilgan gaplaridan biri edi.

Aynan şu nuqtada birinçi savol paydo böladi. Agar bemorda suv ketişi boşlangan bölsa, bu holat qay darajada xavfli baholangan? Uning ahvoli keçki soatlargaça qanday nazorat qilingan? Bu haqda hozirça faqat tomonlarning körsatmalari bor.

Soat 21:00 lar atrofida şifoxonadan oila a’zolariga qönğiroq böladi. Ulardan zudlik bilan keliş söraladi. Bu vaqtga kelib homilaning ahvoli oğirlaşgani aytilgan.