Oldinroq 18-20 iyun kunlari Möynoq tumanida «Ralli Möynoq – 2021» avtomobil sport musobaqalari bölib ötişi haqida ma'lumot bergandik. Musobaqaga boş sovrin sifatida prezident sovğasi – 2 dona «Nexia» maşinasi qöyilgan.
Poygalar boşlanişidan bir neça kun oldin musobaqa dasturi e'lon qilindi.
Unga köra,

- Birinçi kun, 17 iyun soat 10:00dan 17:00gaça - iştirokçilarni röyxatga oliş, sport avtomobillarni texnik körikdan ötkaziş. Soat 17:30dan 18:30gaça - musobaqa iştirokçilari va hakamlar hay'ati bilan umumiy yiğiliş.
- Ikkinçi kun, 18 iyun soat 8:00dan 9:00gaça - sport avtomobillarini texnik va ekipaj a'zolarini tibbiy körikdan ötkaziş. Soat 10:00dan – avtopoyga musobaqasining tantanali oçilişi. Soat 10:30 – birinçi ekipaj starti. Soat 18:00 – sönggi ekipaj finişi (regrupping), iştirokçilar Orol dengizining hozirgi qirğoqlarida tunaşga qoladi («Oqtumsiq»). Soat 20:30 – dastlabki natijalarning e'lon qilinişi;
- Uçinçi kun, 19 iyun soat 8:00dan 9:00gaça – sport avtomobillarini texnik va ekipaj a'zolarini tibbiy körikdan ötkaziş. Soat 9:30dan – birinçi ekipaj starti. Soat 14:00dan – sönggi ekipaj finişi. Soat 17:00 – sport musaboqasi iştirokçilari bilan umumiy yiğiliş. Soat 18:30 – dastlabki natijalarning e'lon qilinişi;
- Törtinçi kun, 20 iyun soat 10:00da musobaqa ğoliblarini taqdirlaş marosimi bölib ötişi rejalaştirilgan.


Musobaqalar quyidagi klasslar böyiça taşkillaştirilmoqda:
- dvigatel hajmi 1600 sm³ gaça «A-8» avtomobil klassi böyiça;
- dvigatel hajmi 2000 sm³ gaça «A-9» avtomobil klassi böyiça;
- dvigatel hajmi 2000 sm³ gaça «Baggi»;
- dvigatel hajmi 500 sm³ gaça mototsikllar böyiça.

Eslatib ötamiz, Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi va Vazirlar Kengaşi, Özbekiston Boş prokuraturasi, Özbekiston mudofaasiga kömaklaşuvçi «Vatanparvar» taşkiloti musobaqa taşkilotçilari etib belgilangan.













