Bu gapga qöşilmaslik qiyin. Rostan ham arab ölkalarida futbolga nisbatan qaraşlar sal boşqaça. Şuning uçun ham yoşlikda juda iste'dodli sanalgan arab yulduzlarni yakunda Yevropaning kuçli jamoalarida körmaymiz. Ular uçun futbol kiçik bir zavq, şu xolos.

Endi bunga hozirgi holatni, ya'ni Saudiya Arabistoni keyingi bosqiç masalasini allaqaçon hal qilgani, hatto mağlubiyatga uçrasa ham, heç narsa yöqotmasliklari, umuman durang hisobi ularni ham, bizni ham butunlay qoniqtirganini qöşing. Maydonga şunçaki, futbol öynaş uçun çiqqan, motivatsiyasiz arab jamoasiga aylanadi saudiyaliklar, töğrimi?

Bu vaziyatda aqlli murabbiy, umuman, aqlsiz bölsa-da, murabbiy nima qiladi?

Töppa-töğri, imkon qadar raqibga öyin bermaslik yölini qidiradi. Biroz bosim, biroz şiddat, biroz qöpollik, biroz köproq yugurib, arablarning töpni qabul qilişi, töp uzatişi, umuman töpni nazorat qilişini qiyinlaştirasiz, tamom. Futbolni öyin emas, kuraşga aylantirasiz. Beş daqiqa, ön beş daqida, yarim soatda Saudiya Arabistoni futbol öynagisi kelmay qoladi, öz-özidan öyin tempi tuşadi. Ayni muddao. Buni öylab topiş uçun Abramov öta kuçli murabbiy bölişi şart emas, şunçaki, özining eski konspektlarini öqib körsa, kifoya edi.

Biz nima qildik? Bilmadim, Abramov bir neça kun oldindan sönggi turda faqat ğalaba uçun tuşişini taxmin qilib, bir qança syurprizlar tayyorlagan va söng, bundan voz keça olmadimi, işqilib, biz Saudiya Arabistoni yirik hisobda ğalaba qozonişi uçun eng zör şaroitni taqdim etib berdik. Biz ularga maza qilib futbol öynaş uçun ajoyib şaroit taqdim etib berdik. Markaziy himoyada butunlay yangi tandem, Vigiz Galiulinning asosiy tarkibda paydo bölişi, Maşaripovning pozitsiyasi bilan eksperiment. Nima uçun? Axir Saudiya Arabistoni bizni yutiş uçun bir neça kundan beri tayyorlanib çiqmaganki, ularni kutilmagan yurişlar bilan hayron qoldirsak? Bu özgarişlar köproq öz futbolçilarimizni çalğitib, salgina paydo bölgan boğlamlarni ham yöqqa çiqarib yubormadimi?

Ahmedovning himoyaga «qaytgani» endi alohida masala. U ön yil oldin Qatarda şunday pozitsiyada töp surgan, keyinçalik aynan Saudiya Arabistoni bilan Toşkentdagi öyinda Abramov şu fikrga yana bir qaytib körgandi. Samarasiz.

Bilasizmi, ön yil oldin bu yuriş qaysidir ma'noda, ayniqsa, saviya jihatidan pastroq jamoalarga qarşi iş bergan. Asosiysi, bu qaror futbolning öşa paytlardagi zamonaviy tendensiyalariga ham mos kelgandi. Ma'lumki, asr boşlariga qadar, futbolda nafaqat markaziy himoya, balki tayanç zonasi ham buzğunçilik bilan şuğullanar, «bild-ap», ya'ni hujumni boşlaş oldingi çiziqning vazifasi edi. Murabbiylar töpni maydon markaziga qanday yetkazib boriş haqida köp boş qotirişmas, asosiy masala undan keyin boşlanardi. Töpni markazga yetkaziş köpinça, uzun paslar, kuraş zonalariga töp uzatiş bilan tavakkal qilinardi.

Makelele, Senna, keyinçalik, Buskets kabi futbolçilar tayanç yarimhimoyaçilarining yangi funksiyalarini futbolga olib kirdilar. Endi «bild-ap» sal orqaroqqa köçdi, markazda dastlabki pasni beradigan, maydonni yaxşi körib, öyinni va töpni boşqara oladigan markaziy himoyaçilarga talab kuçaydi. Şunçaki, kuraşuvçan va harakatçan futbolçilar bilan markazni töldirişning samarasi bölmay qoldi.

Abramovning 2011 yilda himoya markazida Odil Ahmedovdan foydalanişi undanam keyingi bosqiçning boşlanişiga töğri kelgan, ya'ni endi, «bild-ap» yanada orqaga, himoya markaziga köçayotgan davrga töğri kelgandi. Yevropada ham murabbiylar himoya markazida tez-tez yarimhimoyaçilarni qöya boşladilar, faqat bu köpinça, muayyan vaziyatlarda röy berardi. Masalan, yutqazayotgan jamoa hujumkorlikni oşirmoqçi bölsa, ortiqça markaziy himoyaçi örniga hujumçi tuşiradi, himoyadagi vazifa esa tayanç yarimhimoyaçisiga yuklatiladi. Şu tariqa, qölga kiritiladigan ustunlik keyinçalik tendensiya sifatida futbolga kirib kelişi aniq edi. Şunday böldi ham.

Endi, töpni nazorat qila oladigan, pas texnikasi yuqori bölgan markaziy himoyaçilar qadrlandi, tabiiyki, tarbiyalana boşlandi. Markaziy himoyaçilarga bölgan talablar özgardi, tabiiy ravişda ularning maşğulot mazmuni ham, maydondagi funksiyalari ham butunlay özgarib ketdi. Endi nafaqat top-klublarda, balki örtaça Yevropa klubi himoya markazida ham, aytaylik, Karrager yoki Smolling kabi himoyaçilarni körmaysiz. Yaxşi markaziy himoyaçilar oldingi çiziqlardagi ijroçilardan ham qimmatroqqa baholanmoqda.

Xullas, Ahmedovning himoya markazida öynaşi 2021 yil uçun juda yomon taassurotni paydo qilmoqda. Bu nima degani, Superligamizda, umuman Özbekistonda aynan yuqorida aytilgan talablar asosida, zamonaviy markaziy himoyaçi roliga mos bölgan futbolçi yöqmi? Yoki Abramov rostan ham ön yilga eskirgan murabbiymi?

Birinçi variantga işongim kelmaydi, ikkinçi variant esa... Milliy jamoadan töqqiz yil oldin iste'foga çiqqanidan beri, biror klubda biror qiziqarli loyihani yakuniga yetkazmagan, biror natijaga erişa olmagan murabbiy milliy jamoani yangi bosqiçga kötara olarmidi, bilmadim...

Ha, Falastinga boşqa murabbiy yutqazgan. Saudiya Arabistoniga ikki marta yutqaziş, balki u qadar katta fojia emasdir. Ammo keça durang öynaş juda real vazifa bölib turganda, raqibga umuman heç narsa taklif etmaslik, kuraşiş layoqatini umuman namoyiş etmaslik, buning ustiga yana allaqanday tuşunarsiz tajribalar natijasida, jamoaning aslidan ham kuçsizroq bölib qolişi, tabiiyki, murabbiyning malakasiga havola.

Ha, futbolga katta pullar sarflanyapti, futbolda korrupsiya bor, kelişilgan öyinlar, bolalar futboli va hokazo. Har tört yilda takrorlanadigan bu sözlar har tört yilda emas, har doim, hatto jahon çempionatiga çiqayotgan paytimizda ham aytilişi kerak bölgan gaplar. Keça esa, konkret futbolçilar va konkret murabbiy konkret vazifani amalga oşira olişmadi.

Keyingi jahon çempionatidan iştirokçilar soni 48ta böladi. Jahon çempionatiga çiqişimiz osonroq böladimi şunda? Yöq. Beşta yöllanmaning beşinçisini oliş ham, sakkiz yöllanmadan sakkizinçisiga iliniş ham, aslida bir xil qiyinlikdagi vazifa. Vazifaning uddalanişi baribir töğri qaror, töğri munosabatni talab qiladi.

Usiz baribir poyezdga keçga qolaveramiz. Maşhur latifadagi kabi, ikki soat keçga qolamizmi, bir soatmi, farqi yöq.

Qahramon Aslanov