Davlat aktivlarini boşqariş agentligi Toşkent viloyati, Böstonliq tumanidagi “Çorvoq oromgohi” dam oliş maskani 8ta alohida lotlarga bölingan holda ommaviy savdoga çiqarilişi töğrisida xabar berdi.
Qayd etilişiça, davlat aktivlarini sotiş ikki bosqiçda ötkaziladi. Bunda:
- birinçi bosqiçda – talabgorlar oldindan malakalanadi (saralanadi), jumladan, savdolarda qatnaşiş uçun talab qilingan hujjatlar töliqligi, zakalat puli kelib tuşgani, davlat aktivlaridan kelgusida foydalaniş yönalişlariga qöyilgan talabga nisbatan talabgor tomonidan taklif etilgan biznes konsepsiyasi loyihasi maqbul yoki maqbul emasligi körib çiqiladi;
- ikkinçi bosqiçda – talabgorning tijorat takliflari (sotib oliş narxi va tölovni amalga oşiriş muddati) hamda tölov qobiliyati baholanadi.
Bildirilişiça, davlat aktivlaridan kelgusida mehmonxona yoki boşqa turizm infratuzilmasi obektini barpo etiş talabi qöyiladi. Talabgorlar tomonidan bir yoki bir neçta lotlar böyiça takliflar taqdim etilişi mumkin. Bunda, har bir lot böyiça takliflar alohida beriladi.
Davlat aktivini (bir lot böyiça) sotib oliş böyiça birinçi bosqiçda bitta taklif kelib tuşgan hollarda, savdolar ötkazilmagan deb e'tirof etiladi. Talabgor davlat aktivini sotib oliş tölovini bir oydan köp muddatlarda (köpi bilan 36 oy) amalga oşirişni taklif etganda, uning narx taklifi uşbu muddatlarni inobatga olgan holda, belgilangan tartibda joriy qiymatga keltirib baholanadi.
Savdo yakunlari böyiça savdo ğolibi bilan “Davaktiv” agentligi tomonidan xabarnoma yuborilgan sanadan boşlab 20 kun içida oldi-sotdi şartnomasi rasmiylaştiriladi (fors-major holatlari bundan mustasno) va savdolarga qatnaşiş uçun tölangan zakalat puli davlat aktivi xarid tölovining bir qismi sifatida qabul qilinadi. Davlat aktivlari savdolari yakunlari böyiça ğolib tomonidan tölanadigan xarid qiymatiga çegirma qöllanilmaydi.












