Avstraliyada ehtimoliy nojöya ta'sirlar bois 60 yoşgaça bölganlarning koronavirusga qarşi AstraZeneca vaksinasi bilan emlanişi taqiqlandi. Bu haqda ABC xabar bermoqda.

Mamlakat soğliqni saqlaş vaziri Greg Hantning sözlariga köra, hukumat Avstraliya immunizatsiya böyiça texnik maslahat guruhi tavsiyalarini qabul qildi va endilikda 60 yoşdan kiçik bölganlarga Pfizer kompaniyasi vaksinasi taklif etiladi.

Ammo Hantning aytişiça, mamlakatda 50 yoşdan 59 yoşgaça bölgan 815 mingga yaqin kişi AstraZeneca vaksinasining kamida bir dozasi bilan emlangan. Şifokorlarning fikriça, agar birinçi emlaşdan söng nojöya ta'sirlar kuzatilmagan bölsa, ikkinçi doza xavfli emas.

ABC ma'lumotiga köra, Avstraliyada AstraZeneca vaksinasi bilan emlangan 3,8 milliondan ortiq kişining 60 nafarida qon quyulişi rejimi buzilişi kuzatilgan. Ulardan ikki nafari vafot etgan, 22 nafari şifoxonada davolanmoqda.