Şuningdek, hujjat Ispaniyada noqonuniy yaşab turgan migrantlarga ham beriladi va ularni köplab huquqiy muammolardan himoya qiladi.

UzbekLife uçun bugun uşbu hujjat, uni oliş tartibi, u taqdim etişi mumkin bölgan imkoniyatlar haqida ma'lumot beraman.

 Empadronamiyento nima?

Qisqa qilib aytganda, empadronamiyento Ispaniyada sizning yaşaş joyingizni körsatuvçi rasmiy hujjatdir. Bu Ispaniyaga öqiş yoki işlaş uçun kelganingizda olinişi kerak bölgan asosiy hujjatlardan biri hisoblanadi.

Bu hujjat nega kerak?

Çunki Ispaniyaga kelganingizdan keyingi köplab huquqiy jarayonlarda mazkur hujjatni taqdim qilişingiz talab etiladi. Masalan, işlaş ruxsati uçun ariza topşiriş kabi köplab immigratsiyaga oid jarayonlarda empadronamiyento söraladi.

Bu qonundagi tartibga muvofiq, ya'ni özingiz yaşab turgan provinsiyadagi immigratsiya idorasi orqali ariza topşirayotganingizning isboti bölib xizmat qiladi.

 Aynan qanday jarayonlarda bu hujjat kerak böladi?

 Empadronamiyento quyidagi hollarda talab etiladi:

  • Yaşaş ruxsati kartasiga ariza topşirişda;
  • Tibbiy suğurta kartasini olişda;
  • Ispaniyada turmuş qurişda;
  • Avtomobil sotib olişda;
  • Farzandingizni maktabga berişda;
  • Hukumatning ba'zi moddiy yordamlari va subsidiyalarini olişda.

 Bu hujjatni qaçon va qayerdan oliş kerak?

Empadronamiyentoni Ispaniyaga kirgandan söng imkon qadar ertaroq oliş tavsiya etiladi. Mas'ul idoralar turli qonuniy muammolarning oldini oliş uçun uşbu hujjatni Ispaniyaga kirgandan keyin 2-3 kun içida olişni tavsiya qiladi. Lekin bunçalik tez olişga imkon yoki vaqt topa olmay qolsangiz, 1-2 hafta yoki oyda olişingiz ham mumkin. Masalan, biz Ispaniyaga kelganimizdan keyin bir yarim oy ötib bu hujjatni olganmiz.

E'tiborga oliş muhimki, agar 1 yil içida 183 kundan ortiq Ispaniyada bölsangiz, qonunan uşbu hujjatni olişingiz şart.

Hujjatni siz rasman yaşab turgan şahringiz ma'muriyati (town hall yoki city council) beradi. Bunda şahar ma'muriyatiga borib, özingiz yaşab turgan manzilni aytib, ma'muriyatda röyxatdan ötasiz va şu zahotiyoq sizga empadronamiyento taqdim etiladi.

Biz yaşaydigan Jirona şahri ma'muriyati ayvoni. Ispaniyada tuğilgan farzandimizni röyxatdan ötkaziş va empadronamiyento oliş uçun navbatda turgan vaqtim (kuz oxirida) suratga olganman. Koronavirus sababli navbat kutayotganlar faqat ayvonda turişi, bino içiga kirmasligi kerak edi. Ayvonni isitiş uçun soyabonga öxşaş isitkiçlar örnatilgan.

 Şahar ma'muriyatida röyxatdan ötiş uçun qanday hujjatlar taqdim etiladi?

Ma'muriyatda röyxatdan ötiş uçun taqdim etiladigan hujjatlar şaharga qarab biroz farq qiladi, lekin aksariyat hollarda bir xil böladi. Aynan qanday hujjatlar taqdim qilinişi kerakligini şahar ma'muriyatiga telefon qilib yoki borib, yoxud saytiga kirib körib olişingiz mumkin.

Odatda sizdan quyidagi hujjatlarni taqdim qiliş söraladi:

  • Pasport yoki boşqa şaxsni tasdiqlovçi hujjat;
  • Röyxatdan ötiş şakli (ma'muriyatda özlari beradi, siz töldirib berasiz);
  • Agar Ispaniyada uyingiz bölsa, uyning oldi-sotdi şartnomasi (asli va nusxasini olib borasiz);
  • Agar ijarada yaşayotgan bölsangiz, ijara şartnomasi (şartnomaning asli va nusxasini olib borasiz).

Köpgina şaharlarda uy egasiga ijara uçun 2 oylik depozit summa berganingizni tasdiqlovçi hujjat (bergan bölsangiz şartnomada yozilgan böladi) va uy ijarasi uçun qilgan oxirgi tölovingizni tasdiqlovçi hujjatni olib borişingiz kerak. Biz yaşab turgan Jirona şahrida ham xuddi şu hujjatlar söralgan.

Agar Ispaniyada uyingiz ham, ijara şartnomangiz ham bölmasa, ijara şartnomasiga (yoki uyga) ega biror kişi sizning özi yaşab turgan manzilda röyxatga olinişingizga ruxsat beruvçi şakl töldirib berişi mumkin. Bu şakl ijara şartnomasi örnini bosadi. Bunda mazkur şakl bilan birga ruxsat berayotgan kişining şaxsini tasdiqlovçi hujjat ham kerak böladi.

Yuqoridagi hujjatlar taqdim etilgaç, şahar ma'muriyati sizni röyxatga oladi va şu zahotiyoq empadronamiyentoni taqdim qiladi.

Empadronamiyento Ispaniyada noqonuniy yaşayotganlarga eng yaqin kömakdoş

Qiziq jihati şundaki, şahar ma'muriyati sizni röyxatga olişda Ispaniyada qonuniy yoki noqonuniy yaşayotganingizga qiziqmaydi, bu haqda birorta ham ma'lumot söramaydi. Noqonuniy yaşab turgan bölsangiz ham, kerakli hujjatlarni topşirsangiz, sizni röyxatga olib, empadronamiyentoni taqdim qilişadi.

Va bu hujjat orqali keyinçalik yuqorida tilga olingan jarayonlarda foydalanişingiz mumkin.

Şuningdek, Ispaniyada ma'lum muddat (vaziyatga qarab, 2 yoki 3 yil yoki boşqa muddat) davomida noqonuniy yaşaganlar rasman (qonuniy) yaşaş ruxsati olişi mumkin (bu jarayon arraigo deb ataladi). Lekin bunda şu muddat davomida Ispaniyada çindan ham yaşaganlikni isbotlaş kerak. Empadronamiyento esa buning isboti bölib xizmat qiladi.

 Nega şahar ma'muriyati noqonuniy yaşayotganlarni ham röyxatga olaveradi?

Birinçidan, mazkur röyxatga oliş jarayoni hamda empadronamiyentoning vazifasi noqonuniy yaşayotganlarni aniqlaşga qaratilmagan. Buning asosiy sababi iqtisodiy va ijtimoiy masalalar bilan boğliq. Şahar ma'muriyati öz rezidentlari sonini şu röyxat asosida markaziy hukumatga taqdim qiladi. Hukumat esa şu son asosida har bir rezident uçun ma'lum ijtimoiy xizmatlar (soğliqni saqlaş markazlari, hududni tozalaş işlari, yöllar ta'miri va h.k.)ga pul ajratadi. Ya'ni şahar ma'muriyati öz rezidentlarining real sonini bilişdan manfaatdor.

Agar ma'muriyat noqonuniy yaşayotganlarni röyxatdan ötkazmaganda edi, ularga markaziy hukumat pul ajratmasdi. Bu öz navbatida şahardagi kamroq sonli aholiga möljallangan jamoat xizmatlaridan aslida köproq odam foydalanişiga va bunday xizmatlar tizimida zöriqişlarning yuzaga kelişiga sabab bölardi.

Ikkinçidan, heç yerda röyxatdan ötmagan, birorta «izi» yöq noqonuniy migrantlardan köra, röyxatga olingan, şaxsini tasdiqlovçi hujjatlari mavjud noqonuniy migrantlar şahar uçun ham, davlat uçun ham qulayroq. Mabodo qandaydir jinoyat yoki köngilsiz hodisa yuz bersa va bunda noqonuniy migrantning ham iştiroki bölsa, ularni topiş, aniqlaş osonroq keçişi mumkin.

Maqsud Salomov,

UzbekLife’ning Ispaniyadagi kolumnisti