2021 yil yakuniga qadar respublikada umumiy quvvati 1 800 megavatt bölgan 10 ta elektr stansiya (issiqlik va quyoş elektr stansiyalari) işga tuşiriladi. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati Kun.uz'ga ma'lum qildi.
Qayd etilişiça, ayni paytda Toşkent, Buxoro, Xorazm, Navoiy, Samarqand, Qaşqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida elektr stansiyalari qurilmoqda.
Ular işga tuşgaç, Özbekiston energetika tizimining umumiy quvvati 16 ming megavattga yaqinlaşadi va 2016 yilga nisbatan 52 foizga oşadi.
2025 yilgaça esa bu körsatkiç 25 600 megavattgaça, 2030 yilga qadar 29 200 megavattgaça oşirilişi rejalaştirilgan. Ya'ni 10 yil davomida umumiy quvvatni qariyb ikki barobarga oşiriş közda tutilgan.
«Agar dunyoda energiya iste'molining 23 foizi uy-joy sektoriga töğri kelsa, Özbekistonda bu – 40 foiz. Xususan, Yevropada 1 kvadrat metr uçun energiya sarfi yiliga 120-150 kilovatt soatni taşkil qilsa, Özbekistonda mazkur körsatkiç 390 kilovatt soatdan oşadi yoki 240-270 kilovatt soat köproqni taşkil qiladi.
Mutaxassislar fikriça, 10 yildan kam vaqt içida respublika aholisi va iqtisodiyot tarmoqlaridan elektr energiyasiga bölgan talab ikki baravar köpayadi. Ya'ni 2030 yilga qadar 120,1 milliard kilovatt soat elektr energiyasini işlab çiqarişga erişiladi (2020 yilda bu körsatkiç 66,4 milliard kilovatt soat)», – deyiladi vazirlik ma'lumotida.
Hisob-kitoblarga köra, 2016 yilda respublikada örtaça kunlik elektr energiyasi iste'moli 137,8 million kilovatt soat bölsa, bu körsatkiç 2021 yil 1 iyun holatiga 183,7 million kilovatt soat yoki 33,4 foizga köpni taşkil qilmoqda.
Qayd etilişiça, bugungi kunda elektr energiyasi iste'molçilari soni 7 million 268,9 ming kişi va bu 2016 yilga nisbatan 947,8 mingtaga ortiqdir. Şundan 336,6 ming nafari yuridik iste'molçilar bölib, ötgan 5 yil mobaynida ular soni 69,1 mingga köpaygan.
Vazirlik 2021 yil oxirigaça mamlakatda 26 300 kilometr past kuçlanişli elektr uzatiş tarmoqlari va 9 mingdan ortiq transformator punktlari ta'mirlanişini ham ma'lum qildi.
Şuningdek, 2030 yilga qadar 130 ming kilometr elektr uzatiş tarmoqlari va 40 mingdan ortiq transformatorlar bosqiçma-bosqiç modernizatsiya qilinişi bildirildi.
Hozirda Özbekiston energetika tizimining mavjud işlab çiqariş quvvati 14 131 megavattni taşkil qilmoqda. 2000 yilda bu körsatkiç 7 750 megavatt, 2016 yilda 10 830 megavatt edi. Ya'ni 16 yil içida deyarli 3 ming megavatt qöşilgan bölsa, xuddi şunça hajmdagi quvvat sönggi uç yilda qöşilişiga erişilgan.











