Oxirgi yillarda xususiy sektorga sotilayotgan yoki faoliyati tugatilayotgan davlat uluşdorligidagi korxonalar röyxati kengayib bormoqda.
Xususan, 2021 yil 3 iyundagi «Davlat iştirokidagi korxonalar faoliyatini qayta taşkil etiş va tugatiş çora-tadbirlari töğrisida»gi hukumat qarori bilan birdaniga 454 ta korxona faoliyatini tugatiş belgilandi.
Qarorda istiqbolsiz, faoliyat körsatmayotgan, zarar körib işlayotgan va past rentabelli korxonalar röyxati keltirilib, ular qonunçilik asosida tugatilişi belgilangan.
Nega oçildi-yu, nega yopilmoqda?
Hukumat qaroriga asosan yopiladigan davlat korxonalari orasida Içki işlar vazirligiga qaraşlilari 45tani taşkil etadi. E'tiborni tortadigan jihati, ularning aksariyati ixtisoslaşuvi böyiça vazirlikning asosiy funksiyalaridan ança uzoqda.
Stat.uz sayti orqali mazkur korxonalar nimalar bilan şuğullanişi töğrisida ma'lumot olişga urinib kördik.
Masalan, faoliyati tugatilayotgan korxonalardan biri – Navoiy viloyati IIB JIEB uluşidagi «Ğiştçi-75» DUK. Ohak va quriliş uçun gips işlab çiqarişga möljallangan korxona 2018 yil 5 yanvarda oçilgan bölib, ustav fondi 5,7 mlrd sömni taşkil etadi.

Yana bir korxona – 100 foiz uluşi Jazoni ijro etiş muassasasiga tegişli, ohak va quriliş uçun gips işlab çiqaruvçi «Navoiy eksport» DUK. Sayt ma'lumotlarida keltirilişiça, uşbu korxonaning ustav kapitali 4,3 mlrd sömni taşkil etadi.

Şu bilan birga, bundan 3 yil ilgari tuzilgan korxonalardan yana biri – UYa 64/1 muassasasi muassisligidagi «Şarq-gavhari tekstil» DUK (Toşkent viloyati) korjomalar işlab çiqarişga ixtisoslaşgani va uning ustav fondi 5,2 mlrd sömni taşkil etişi körsatilgan.













