Teleskopda 1980-yillardagi kompyuter bilan muammolar yuzaga kelgani sababli u 13 iyundan beri işlamayapti. Taxmin qilinişiça, kompyuter nosoz xotira platasi sababli öçib qolgan.

NASA aviadispetçerlari kompyuterni qayta yuklaşga harakat qilişgan, biroq muammo hal bölmagan. Hozirda mutaxassislar zaxira xotira blokiga ötişga harakat qilişmoqda. Agar u işlab ketsa, unda teleskop barça asboblar yoqilişidan oldin tekşiriladi. Hozirça teleskopdagi kameralar va boşqa asboblar xavfsiz rejimga ötkazilgan.

1990 yilda fazoga uçirilgan «Xabbl» unda ötkazilgan bir qator ta'mirlaş işlariga qaramay eskirib bormoqda.

Avvalroq maşhur teleskop koinotda qolayotganining 31 yilligini gigant sayyora şakllanişini muhrlaş bilan nişonlagandi. Iyun boşida «Xabbl», şuningdek, öziga qöşni galaktikaning tortiş kuçi ta'sirida deformatsiyalangan galaktikani aniqlagandi.