Sönggi paytlarda katta bozorlar yaqinidagi köçma yarmarkalarda, aholi gavjum çorrahalar va yöl bekatlari yonida, kiçik dökonçalar rastalarida işlab çiqarilgan sanasi va yaroqlilik muddati körsatilmagan oziq-ovqat mahsulotlarini uçratiş mumkin. Ayni jazirama yoz faslida bunday mahsulotlarni iste'mol qiliş inson organizmida turli kasalliklarni keltirib çiqariş ehtimoli juda yuqori.
Tekşiruvlar nimani körsatmoqda?
Ma'lum qilinişiça, Iste'molçilar huquqlarini himoya qiliş agentligiga 2020 yil davomida yaroqlilik muddati ötgan tovarlarni sotiş holatlari böyiça 157ta murojaat kelib tuşgan, uşbu murojaatlarda muddati ötgan oziq-ovqat mahsulotlari va dori vositalari iste'molçilar tomonidan xarid qilingani aniqlangan.
Bundan taşqari, iyun oyining boşida agentlik xodimlari tomonidan respublikaning içki iste'mol bozorlarida markirovkalaş va oziq-ovqat xavfsizligi (oziq-ovqat mahsulotlarini işlab çiqariş sanasi va yaroqlilik muddati körsatilmagan holda sotişda) talablariga rioya qilinişini aniqlaş maqsadida ötkazilgan monitoring natijalariga köra, örganilgan 284ta savdo obektida 1075ta holatda oziq-ovqat mahsulotlarini markirovkalaş qoidalari buzilgani qayd etilgan. Uşbu mahsulotlarning 32tasi yoki 3 foizi import mahsuloti bölsa, qolgan 97 foiz mahsulotlar mahalliy işlab çiqaruvçilarga tegişli.
Tahlillarga köra, qoida buziş holatlarining 31 foizi qandolatçilik mahsulotlarida, 17 foizi sut mahsulotlari, 13 foizi kolbasa mahsulotlari, 3 foizi makaron mahsulotlari va 3 foizi qadoqlangan ösimlik yoği mahsulotlarida kuzatilgan.
Körinib turibdiki, qoida buziş holatlarining 70 foizga yaqini kundalik iste'mol qiladigan mahsulotlarimiz bilan kuzatilgan. Bundan taşqari, örganilgan savdo obektining har birida örtaça 4taga yaqin holat qayd qilingan.
Qonunda qanday çoralar köriladi?
Bugungi kunda yaroqlilik muddati ötgan tovarlarni sotganlik uçun maksimal jarima bazaviy hisoblaş miqdorining 10 baravari(2 mln 450 ming söm)ga teng.
Aniqroq aytadigan bölsak, Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 178-moddasiga muvofiq, iste'molçilarga bila turib notöğri ma'lumotlar taqdim etganlik, şu jumladan, tovar iste'moliga oid xususiyatlar yoki sifati xususida çalğitiş tufayli iste'molçilarga zarar yetkaziş – huquqbuzarlik aşyolarini musodara qilib, fuqarolarga bazaviy hisoblaş miqdorining uç baravaridan yetti baravarigaça, mansabdor şaxslarga esa yetti baravaridan ön baravarigaça jarima solişga sabab bölişi belgilangan.









