Qayd etilişiça, agentlikka 2020 yil davomida yaroqlilik muddati ötgan tovarlarni sotiş holatlari böyiça 157ta murojaat kelib tuşgan, uşbu murojaatlarda muddati ötgan oziq-ovqat mahsulotlari va dori vositalari iste'molçilar tomonidan xarid qilingani aniqlangan. Holatlarning katta qismi Toşkent şahri hissasiga (94ta) töğri keladi. 2021 yilning 1-çoragi davomida esa mazkur masala böyiça 54ta murojaat iste'molçilar tomonidan yöllangan.
“Aksariyat hollarda iste'molçilar ba'zi insofsiz sotuvçilar tomonidan, muddati ötgan mahsulotlarga “ikkinçi hayot” beriş orqali turli xil hiylalarni işlatişga harakat qilişiga duç kelmoqda. Iste'molga yaroqsiz mahsulotni “ötkaziş” yöllari köp, eng osoni – ularni öz vaqtida rastalardan olmaslik. Köp hollarda e'tiborsiz iste'molçi tovar muddatiga ahamiyat bermaydi, şoşgan holda tovar xarid qiladi. Yana bir keng tarqalgan yöli bu - tovar markirovkasini, uni qaytadan (ustidan) yopiştiriş, öçiriş, boşqatdan markirovkalaş orqali özgartiriş hisobiga tovarlarni sotuvga çiqariş hisoblanadi”, deyiladi agentlik xabarida.
“Iste'molçilarning huquqlarini himoya qiliş töğrisida”gi qonun 11-moddasiga köra, sotuvçilarga işlab çiqarilgan sanasi va yaroqlilik muddati körsatilmagan yoki yaroqlilik muddati ötgan tovarlarni qabul qiliş hamda realizatsiya qiliş man etilişi belgilangan.
Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 178-moddasida iste'molçilarga bila turib notöğri ma'lumotlar taqdim etganlik, şu jumladan tovar iste'moliga oid xususiyatlar yoki sifati xususida çalğitiş tufayli iste'molçilarga zarar yetkaziş – huquqbuzarlik aşyolarini musodara qilib, fuqarolarga bazaviy hisoblaş miqdorining uç baravaridan yetti baravarigaça, mansabdor şaxslarga esa yetti baravaridan ön baravarigaça miqdorda jarima solişga sabab bölişi belgilangan.
Yaroqlilik muddati ötgan tovarlarni, şuningdek işlab çiqarilgan sanasi va yaroqlilik muddati körsatilişi şartligi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tovarlarni işlab çiqarilgan sanasi va yaroqlilik muddati körsatilmagan holda realizatsiya qiliş hamda sotiş uçun qabul qilganlik –huquqbuzarlik aşyolarini musodara qilib, fuqarolarga bazaviy hisoblaş miqdorining uç baravaridan ön baravarigaça, mansabdor şaxslarga esa yetti baravaridan ön baravarigaça miqdorda jarima solişga sabab bölişi örnatilgan.
Qonunbuzarlarga nisbatan Iste'molçilar huquqlarini himoya qiliş agentligi tomonidan iş qözğatiladi va natijalari böyiça körsatma beriladi. Amaliyotda mazkur jarayon bir neça oylarga çözilişi hamda insofsiz tadbirkorlar bilan kuraşişda öz samarasini bermayotgani kuzatilmoqda. “Iste'molçilarning huquqlarini himoya qiliş töğrisida” qonunda ham bunday qonunbuziliş holatlarini amalga oşirgan tadbirkorlik sub'yektlariga nisbatan ma'muriy javobgarlik (jarima) közda tutilgan, moliyaviy sanksiyalar qöllaş amaliyoti mavjud emas.












