Tört sabab. Biz nega ilmda kundan kunga orqada qolyapmiz?
|18:47 / 20.06.202166 49213 min
Zangiotadagi koronavirusga ixtisoslaşgan 2-klinik şifoxonaning Radiologiya bölimi mudiri, Buyuk Britaniyaning Aberdin universiteti magistri Ma'rufjon Salohiddinov Kun.uz'ga taqdim etgan maqolasida oliy ta'lim va ilmiy sohadagi muammolar haqida söz yuritib, qator yeçimlarni taklif qiladi.
Özbekistonda istalgan soha örganib körilsa, keragidan ortiq muammolar borligi körinadi. Şulardan biri – ilmiy faoliyat va tadqiqotlar. Biz bu borada kundan kunga orqaga qolib boryapmiz.
Xorijda PhD şunçalik qadrliki, bitta ibora bilan «Everything is impossible until it is done» (Bajarmaguningça imkonsiz bölib qolaveradi) deb ta'rif berişadi.
Öz vaqtida Mariya Kyuri, Jon Neş, Svante Arrenius, Kerol Greyder kabi maşhur kaşfiyotçilar PhD davridayoq Nobel mukofotiga sazovor körilgan bir paytda, biz plagiatlar domiga tuşib qoldik.
Ayni vaqtda özim ham PhD tadqiqotçisi sifatida ilmiy izlanişlarimni olib boryapman. Bundan taşqari, bir muddat oliy ta'limda ham işlaganman. Şu sababli sohadagi mavjud muammolar begona emas.
Rivojlangan davlatlarda PhD darajasiga hujjatlar sifat va miqdor jihatdan yaxlitlanadi. Hujjat topşiriş jarayonida, hujjatlar onlayn ravişda ma'lum bir yirik platforma yoki mavjud universitetlar kafedralar yoki fakultetlarga töğridan töğri topşiriladi. Mamlakatimizda esa PhD darajasiga topşiriş uçun kandidatlardan talab etiladigan hujjatlar miqdori köpligi ularning körib çiqiş muddati uzayişiga olib keladi.
PhD darajasini oliş uçun Buyuk Britaniya va köpgina Yevropa Ittifoqi davlatlarida 3 yil, AQŞda 6 yilgaça vaqt kerak böladi. Yurtimizda esa, masalan, mustaqil izlanuvçi toifasida ilmiy iş boşlagan kandidat ba'zida 1-2 yilda himoya qiladi, ba'zida 8 va undan ham köp yilga çözilib ketişi kuzatilmoqda.
Köpgina Yevropa doktorlik dasturlarida talabalardan kurs işlari unçalik talab qilinmaydi. Nomzodlar darhol özlarining dissertatsiya loyihalari ustida işlaşni boşlaydilar. AQŞda PhD dasturlari, qaysi sohada bölişidan qat'i nazar, talabalardan dissertatsiya ustida işlaşdan oldin ikki yoki uç yillik öquv kurslari va seminarlarda qatnaşişni talab qiladi.
Mamlakatimizda ayniqsa 3 yillik PhD stipendiyasi böyiça öqiyotgan nomzodlar deyarli har hafta keraksiz hisobotlar bilan maşğul bölişga majbur. Bu esa öz navbatida vaqtdan yutqaziş, ortiqça stress va ilmiy işga bölgan qiziqişning sönişiga olib keladi.
Yevropaning bir qator mamlakatlarida doktorantlar xodimlar sifatida qabul qilinadi va mehnat şartnomalari mavjud. Xodimlar sifatida doktorantlarga tibbiy suğurta, pensiya va işsizlik suğurtalari tölanadi.
Şuningdek, tibbiy suğurta va konferensiyalarga sayohat qilişni ham öz içiga oladi. Boşqa universitetlarda talabalar doktorlik dissertatsiyasini himoya qiliş uçun universitet, ştat yoki milliy darajadagi stipendiyalar uçun kuraşişlari kerak. Uşbu masala – hozirgi paytda mamlatimizda ilmiy salohiyatni oşirişga tösiq bölayotgan eng yirik muammo.
Mavzuga oid
Yurtimizda kam sonli faqat 3 yillik PhD stipendiyasi orqali öqiyotgan nomzodlarga oylik maoşi tölanadi va uşbu summa, ayniqsa, hozirda kelajak fanlari sifatida qaraladigan aniq va tabiiy fan yönalişlari böyiça ilmiy işlar amalga oşiriladigan tadqiqotlarga umuman yetarli emas.
Bundan taşqari, nomzod supervayzeri ham moddiy tomondan qöllab-quvvatlamagani tufayli supervayzer bor e'tiborini özining şaxsiy işlariga qaratadi va bu esa nomzodga yuklamaning ikki barobar ortişiga olib keladi.
Mustaqil tadqiqotçi esa deyarli hamma xarajatni öz hisobidan tölaydi, uşbu yönaliş böyiça ilmiy iş olib borayotgan köp sonli tadqiqotçilar uçun na davlat tomonidan moddiy yordam, na maoş tölanadi.
Yevropa PhD dasturlari aksarida nomzodlardan kiriş imtihonlarida nomzodlik imtihonlarini topşiriş talab etilmaydi. Ba'zi istisnolar mavjud, masalan Şvetsiyada nomzodlar fan doktori ilmiy darajasining yarmida oğzaki va yozma imtihon topşirişadi. AQŞda nomzodlar dissertatsiyalari ustida işlaşni boşlaşdan oldin odatda keng qamrovli imtihonlardan ötişlari kerak. Imtihonlar talabaning öz faniga oid asosiy yönalişlari böyiça bilimlarini sinovdan ötkazadi.
Har bir universitetda imtihon tuzilmasi biroz boşqaça bölsa-da, odatda oğzaki va yozma qism mavjud. Nomzod kurs işlarini tugatib, barça kerakli imtihonlarni topşirgandan söng, ularga PhD dissertatsiyasi himoyasi uçun ruxsat beriladi. Mamlakatimizda esa PhD dasturida (faqat 3 yillik stipendiyali) öqiş uçun kiriş imtihonlari mavjud. Bu esa taniş-bilişçilik, korrupsiya va iqtidorli nomzodlarning muvaffaqiyatsizligi bilan tugamoqda.
Ma'rufjon Salohiddinov
Çet elda öqib kelayotganlar ğoyasi bilan heç kimning işi yöq
Inson resurslaridan va ulardan foydalanişdagi qoloqlik. Hozirda köpgina yoş iqtidorli magistrlar va PhD diplomli mutaxassislar turli xil yönalişlarda «El-yurt umidi» jamğarmasi, Innovatsion rivojlaniş vazirligi va boşqa fondlar orqali xorijga borib tahsil olib öz könikmalarini oşirmoqdalar. Lekin masalaning eng nozik jihati şuki, ular yurtimizda qaytib kelgandan keyin öz-özidan yöqolib qolişmoqda.
Ularning fikri, ğoyasi bilan heç kimning işi yöq, faqat yuqoridagi fondlar har yilgi «hisobot»ni Vazirlar Mahkamasiga topşirib, qattiq mehnat qilayotganini isbotlab tursa bölgani.
Töğri, ba'zi birlari xöjakörsinga ayrim vazirliklarga örinbosar bölib işga olinmoqdalar, lekin özlariyam bilişadiki, har doim «boşliq» aytgani böladi. Ammo milliardlar şu kadrlarni öqib keliş xarajatlariga ketmoqda, davlat budjetidan qançadan qança mablağlar ajratilmoqda.
Bizda hali ham eski kadrlar tizimi amalda. Bunga kompleks yondaşib barça sohalarga tegişli kadrlarni saralaş tizimini yangitdan yaratiş kerak.
Importatsiya muammosi
Bilamizki, ilmiy işlarning asosiy qismi aniq va tabiiy fanlar yönalişlarida bajariladi. Holbuki, uşbu ilmiy işning asosiy qismi bölmiş metodologiyasi uçun laboratoriya uskunalari, reagentlar, texnik qurilmalar va boşqa instrumentlar kerak böladi. Uşbu uskunalarning qimmatligi, olib kelişdagi bojxona muammolari va yagona platformaning yöqligi ilmiy iş boşlamasdan oldin tugaşiga olib keladi.
Xalqaro gaydlaynlardagi standartlarga yondaşuvdagi muammo. Ma'lumki, har bir ilmiy iş yönalişining xalqaro tan olingan standart qoliplari bor. Masalan, tibbiyot sohasida ma'lum sondagi bemorlar soni böyiça ilmiy iş qilinayotgan paytda birinçi galda etika qömitasidan ruxsat oliş, har bir bemorda şu ilmiy işga rozilik, dori kompaniyalari nomidan iş qilmaslik kabi talablari bor. Lekin töğrisini aytaman, uşbu talablarning birortasiga amal qilinmaydi.
Buning asosiy sababi – izlanuvçi uşbu talablar haqida heç narsa bilmaydi va bilişni xohlamaydi. Ikkinçidan, supervayzer-professorlar ham bu haqida ogohlantirmaydi. Eng açinarlisi, OAKdan ham bemalol tasdiqlanadi.
Oliy ta'lim tizimi va vazirlik
Oliy ta'lim tizimini barça vazirliklar tasarrufidan çiqariş kerak. Bu – nafaqat Özbekistonda, balki MDH mamlakatlarida keng tarqalgan eng asosiy muammo. Oliy ta'lim vazirligi xohlasa ma'lum bir fanni kiritadi, xohlamasa inkor qiladi.
Men özim xorijda magistratura bosqiçini tugatgandan söng Toşkent Tibbiyot akademiyasi kafedralaridan birida dars berdim. Har kuni Oliy ta'lim vazirligidan, «KabMIN»dan, yana qançasidir boşqa vazirliklardan 10 ga yaqin hujjat kelardi. Ularda «Kim köp kitob öqiş böyiça tanlov», «Kim köp şe'r aytiş böyiça tanlov», har juma kuni «Muzeyga majburiy boriş böyiça» bayonnoma, «Yotoqxonada yaşayotgan talabalar bilan rasmga tuşiş» bayonnomasi va şunga öxşaş önlab noşud bayonnomalar töldirilişi söraladi.
Talabaga umuman vaqt ajratilmagandan keyin qanday qilib ulardan şifokor bölişni talab qila olasiz. Töğrisi, hayotimda eng qiynalgan va ta'lim tizimizdan nafratlangan yil bölgan edi. Hozir hujjatbozlik yanada avjiga çiqib ketgan, ming şukrlarki, u yerdan böşadim. Bu nafaqat tibbiyot, balki boşqa yönalişlarda ham şu ahvol.
Xorijda Oliy ta'lim vazirligi faqat baholaş va kam hollarda kiriş imtihonlari tizimida iştirok etadi, çunki u yerda deyarli hamma oliygohlar mustaqil.
Davlatga tegişli OTMlarga halol, malakali mutaxassislar boşqaruvga qöyilmas ekan, tizimni samarali qiliş judayam qiyin. Yagona yöli – OTMlarni mustaqil qiliş va ularning boşqaruviga mos kadrlarni olib keliş.
Ayni paytda OTM rektorlarini tayinlaş vazirning vakolatida emas, Vazirlar Mahkamasi hamda Prezident Administratsiyasi tasarrufida. Ularning tuşunarsiz saralov tizimidan hozirça yaxşi kadrlar öta olgani yöq.
Respublikamizda barmoq bilan sanoqli laboratoriyalar bor, şularda ham eski tehnologiyalar. Bunday şaroitda majburlasa ham, ilmiy iş qilib bölmaydi. Nega hamma Yevropaga yoki AQŞga intiladi öqişga, çunki qaysidir oliy öquv yurtining eşigidan kirsangiz, laboratoriyadan boşlanib, laboratoriya bilan tugaydi. Bunday atmosfera hattoki ilmiy işga xohişi bölmagan nomzodni ham öziga çorlaydi.
Muammoni hal etiş uçun hozirda köplab böş yotgan kollejlar va litseylarning binolari davlat tomonidan töliq jahon standartlariga mos ravişda xorijdan ekspertlar çaqirib, maxsus laboratoriyalar quriş lozim.
Turli «siti»lardan köra, şu mablağlarni uşbu laboratoriyalarga sarflagan ma'qul deb öylayman.
Şuningdek, xususiy tadbirkorlarni 5 yil muddatda barça soliqlardan ozod qilib, şu laboratoriyalarga sarmoya kiritişni qöllab-quvvatlaş va töla huquqni şu tadbirkorlarga beriş zarur. Albatta, birinçi taklif işlamasligini iç-içimdan sezgan holda, ikkinçisini amalga oşiriş ehtimolligi yuqori deb hisobladim.
Top-500 talikka kirgan oliy öquv yurtlarining (Rossiya universitetlari emas) filiallarini mamlakatimizda oçiş va uzoq muddatli imtiyozlar beriş. Albatta, uşbu universitetlar öz navbatida özlarining HUB’lari, kutubxonalari va ilmiy laboratoriyalarini ham oçadilar.
Bu bir tomondan raqobatning ösişiga, ikkinçi tomondan hozirda eng rivojlangan soha – ta'lim turizmining ham ösişiga olib keladi. Qöşni mamlakat talabalari ham şu universitetlarga öqişga kela boşlaydi. Ta'lim turizmi oddiy turizmga nisbatan davlat budjetiga foyda olib kelişi bir neça marta isbotlangan.
Xulosa
Davlat tomonidan yiliga ilmiy işlarga va tadqiqotlarga ajratiladigan budjet taqsimoti oçiqlanişi kerak. The GlobalEconomy naşriga köra, Özbekistonda tadqiqot va rivojlanişga (Research and Development) ajratilgan miqdor 2000 yildan 2018 yilga borib turğun kamaya boşlagan. Eng yirik körsatkiç bu 2000 yilda kuzatilgan bölib, yalpi içki mahsulotning 0,36 foizini taşkil etgan. 2018 yilgi holatida esa yanada pastlamoqdamiz – 0.16 foiz.
Soliştiradigan bölsak, Janubiy Koreyada – 4,55, Isroilda – 4,54, Şvetsiyada – 3,33 foiz. Körinib turibdi, biz ilm fan yönalişida zamonga qarab teskari progressiyada rivojlanyapmiz. Heç bölmasa, Singapurning «Singapore’s six masterplans for science and technology» loyihasini ham özimizda integratsiya qilsak, uxlab yotgan sobiq ittifoq davlatlari orasidan yölbarsdek yorib çiqib ketamiz.
Hozirda mavjud bölgan «El-yurt umidi» fondi va Innovatsion rivojlaniş vazirligi maqsadlarini tubdan özgartiriş kerak. Töğri, uşbu fondlar köplab talabalar xorijga malaka va öqişlarini rivojlantirişda katta rol öynamoqda. Lekin şu bilan birgalikda uşbu kandidatlarning vatanga qaytganidan söng kerakli iş joylari va örinlar bilan ta'minlaşda hamon oqsamoqda.
Şaxsan «El-yurt umidi» stipendianti sifatida aytişim mumkinki, hozirda şu fondlardan öqib kelgan talaba va kandidatlar allaqaçon şaroit va e'tibor yaratilmagani uçun şaxsiy biznesga ötib ketgan. Şunça ajratilgan mablağ havoda sovurilmoqda.
Oçiğini aytganda, uşbu muammolarni hal qilişda öta «innovatsion» takliflarni bayon qilmadim, çunki mavjud imkoniyatlardan foydalanib olişimiz zarur. Yuqoridagi işlarni amalga oşiriş uçun avvalo tegişli rahbarlar ongiga tadqiqotlar va ilmiy kaşfiyotlar mamlakatni dunyoga tanitişi haqidagi tuşunçalar singişi lozim.
Amaldorlar bizning ta'lim tizimimiz yomon emas, deb bong urişadi, vaholanki, ularning farzandlari xorijda tahsil oladi yoki işlab öşa yerda biznes qiladi, fuqarolik oladi. 30 yildan buyon qurigan daraxtga mevalarni ip bilan boğlab, rangini böyab kelmoqdamiz, heç bölmasa şu qurigan daraxtning yonidan yangi nihollar ösib çiqişiga imkon beringlar…
Ma'rufjon Salohiddinov,
Zangiota 2-koronavirusga ixtisoslaşgan klinik şifoxonasi
Radiologiya bölimi mudiri,
Buyuk Britaniya Aberdin universiteti magistri