«Yevropada öynay oladigan özbek futbolçilari köp» – Eldor Şomurodovning agenti Qahhor Möminov bilan katta intervyu
|15:45 / 20.06.202140 17017 min
Eldor Şomurodov özbek futbolçilari orasida birinçi bölib «kuçli beşlik» jamoasida stabil öyin körsata boşladi. U birinçi mavsumidayoq A Seriyada 8 ta gol urdi. «Maş'al» akademiyasidan çiqqan yigit «Bunyodkor» va «Rostov» orqali katta çempionatga yöl oldi.
Şomurodovning Italiyaga transferi qanday amalga oşdi? Unga qaysi klublar qiziqmoqda? Şu va boşqa özbek futbolçilari haqida Eldor Şomurodovning agenti Qahhor Möminov bilan suhbat uyuştirdik.
– Bugungi suhbatimizning asosiy qismi, tabiiyki, Eldor Şomurodov haqida böladi. Lekin muxlislarga siz qanday agentlikka kirib kelganingiz, ProSpors Management agentligida qanday iş boşlaganingiz ham qiziq. Ayting-çi, futbolga qanday kelib qolgansiz?
– Men Samarqandda tuğilganman. Onam rossiyalik. Uning salomatligida muammo paydo bölgaç, iqlimni özgartirişni taklif qilişgan. U SamDUga hujjat topşirib, filologiya fakultetini tamomlagan. Keyin turizm sohasida işlagan. U Özbekiston tarixini yaxşi köradi va u haqda gapirişni yaxşi köradi. Aynan Samarqandda onam otam bilan tanişgan.
Bolaligimda Samarqanddagi «Dinamo» futbol maktabida şuğullanganman. 17 yoşimda Moskvaga öqişga ketdim. 2000 yillar boşida German Tkaçenko bilan tanişdim. Uning rahbarligida «Rusal» nomli yirik alyumin kompaniyasida işladim. Keyinçalik German Vladimiroviç futbol bilan şuğullana boşladi va «Krilya Sovetov» klubi prezidenti böldi. Bizning korxonada nafaqat futbol agentligi, balki klub faoliyat mexanizmini taşkil etiş tajribasi ham bor. Öşanda ProSpors Management «Krilya Sovetov»dagi faoliyat bilan birga Roberto Karlos, Samuel EtöO kabi yulduzlarning «Anji»ga kelişida ham qatnaşgan.
– Eldor Şomurodov bilan qanday tanişgansiz?
– Unga e'tibor berişimizni öşa vaqtda Özbekiston milliy jamoasi boş murabbiyi bölgan Samvel Babayan tavsiya qilgan. Samvel aka bizning direktor German Tkaçenko bilan ança vaqtdan buyon yaxşi döst. Özaro suhbatlardan birida Samvel aka Özbekistonda 20 yoşli yaxşi futbolçi borligi va u kelajakda katta öyinçi bölişi mumkinligini ta'kidlagan. U vaqtda Eldorni köpçilik tanimasdi.
Biz özbek futbolçilari bilan ança oldin işlay boşlaganmiz. «Krilya»da işlagan vaqtimizda Marat Bikmayev uşbu klub safida paydo bölgandi. Keyin PsoSpors Management «Anji»ga Odil Ahmedovga e'tibor qaratişni söradi. Öşanda Odil Moskva «Dinamo»siga ötişiga bir baxya qolganda, German Tkaçenko uni «Anji»ga olib ketgandi. Odil «Anji»da yetakçi bölib, keyin «Krasnodar»ga yaxşi transfer qilindi. Kompaniyamiz bilan uning «Şanhay SIPG» klubiga transfer qilinişida ham qatnaşganmiz.
Mavzuga oid
Uni öşa vaqtdagi jamoa boş murabbiyi Andre Villaş-Boaş taklif qilgandi. U German bilan suhbatda Ahmedovning öyinlari yoqişi haqida bir neça marta aytgan. Villaş-Boaş unga humble and professional (odobli va professional) deb ta'rif bergan. Biz özbek futbolçilarini xorijda ta'riflaganda aynan mana şu iborani işlatamiz. Xullas, Babayan bizni taniştirgaç, Eldorning oilasi bilan körişib, gaplaşdik. Şu tariqa, hamkorligimiz boşlanib ketdi.
– Şomurodov Italiyaga agentlarning yordami bilan ketdi deydiganlar ham topiladi, ayniqsa, Rossiyada. Buni qanday izohlaysiz?
– Kompaniyamizning eng körinadigan yerida şunday yozuv turadi: «Biz faqat bir narsani – futbol öynaşni bilmaymiz, lekin maydonda yaxşi öynaşlari uçun hamma narsani qilamiz». Eldor bugungi natijalariga öz iste'dodi bilan erişdi. Agentlar futbolçilarga har xil masalalarda yordam berişadi, lekin maydonda agentlar emas, futbolçilar öynaydi. Eldorning Yevropaga ketişiga birgalikda erişdik. Balki biz uni dunyoga oçgandirmiz, şunçaki töğri rivojlaniş yölini tanladik va u porladi.
– Töğri rivojlaniş yöli deganda nimani nazarda tutyapsiz?
– Eldorni hali milliy jamoaning asosiy futbolçisi bölmaganida ham unga arab klublari va Xitoydan takliflar bölgan. Biroq u faoliyatini Yevropada davom ettirişni xohlab, Ğarbdan jamoa topişimizni söradi. Biroq biz unga Yevropaga köprik vazifasini bajarişi uçun Rossiya çempionatini taklif qildik. Bu yerda u yuqori darajali öyinga moslaşişi, tez qaror qabul qiliş va albatta, çet tilini örganişi, bir söz bilan aytganda, katta çempionatlarga tayyorlanişi mumkin edi.
Eldorga hatto Rossiyadagi katta jamoalarni taklif qilmadik, çunki katta bosim va raqobat sabab çökib qolişini istamadik. Bizda «Rostov» varianti paydo böldi. U yerda esa raqobatçi hujumçilar köp edi. Masalan, Sigurdarsson va yana bir islandiyalik hujumçi. Eldor «Rostov»da raqobat jiddiy bölişiga qaramay, kuraşdi va jamoada qoldi. Bu uçun uni alohida olqişlaş kerak.
Yana bir narsani aytmasam bölmaydi: Rossiyada ham, Italiyada ham Eldorning odobli va mehnatsevar ekanini ta'kidlaşadi. Şu vaqtda Andre Villaş-Boaşning aytganlari esga tuşadi. Men xorijliklarga Özbekistonda har ikkinçi odam şunaqa ekanini aytaman. Ular uçun bunday xarakterli insonlarni uçratiş noodatiy hol. Bemalol aytişim mumkinki, Eldorning tarbiyasi uning faoliyatiga ijobiy ta'sir körsatib kelmoqda.
«Rostov»da unga boşida oson bölmadi, biroq qiyin holatga tuşganiga qaramay, til örgandi, şaharga moslaşdi, keyin asta-sekin yaxşi futbol öynay boşladi. U yonida Ionov, Yeryomenko kabi katta futbolçilar öynayotganini töğri his qildi. Agar inson öz mehnati bilangina nimagadir erişişi mumkin bölsa, men bu borada bemalol Eldorni misol qilib keltiraman. Afğoniston çegarasidagi qişloqdan çiqqan yigitçani bugun Italiya köçalarida tanib, u bilan suratga tuşişmoqda.
– Hozir özbek futbolçilariga e'tibor qanday deb öylaysiz?
– Bilasizmi, avval özbek futbolçilariga bee'tibor qaraşardi, hozir bunday emas. Birinçidan, Odil Ahmedov Rossiya va Osiyoda özbek futbolçilarining kuçini körsatdi, Eldor esa Yevropada buni isbotlamoqda. Mendan özbek futbolining yutuği nimada ekani haqida söraşadi. Men esa davlat futbolga e'tibor berayotgani, şahar, tuman markazlarida stadionlar qurayotganini aytaman. Masalan, Olmaliq kiçik şahar, lekin u yerda qanday çiroyli stadion qurilgan.
Özbek futboliga «Paxtakor», «Bunyodkor», «Maş'al», «Nasaf» akademiyalari köp narsa berdi deb öylayman. Hozirda Andijon va Farğonadan ham yaxşi yigitlar çiqmoqda. Şuningdek, «Olimpik» jamoasida olimpia jamoasi yigitlarini töplab, ularni Pro-Ligada öynatiş ham ajoyib loyiha bölgan. Rossiyada ham şunaqa qilmoqçi bölişgan, lekin amalga oşira olişmagandi.
– Eldorning Italiyaga transferi qanday amalga oşdi? Çindan uning örniga Balotellini olişlari mumkinmidi?
– Uning A Seriyaga transferi nafaqat özbek futboli uçun, balki Rossiya futboli uçun ham muhim voqelik böldi. Öşa vaqtda pandemiya sabab transferlarning özi juda kam bölgandi. «Jyenoa»dagilarga Balotellini sotib olişni jiddiy taklif qilişayotgan, ular agenti bilan Genuyaga borib hujjatlarni imzolaşni kutayotgan bölgan. Boş murabbiy Maran esa köproq Eldorni olişni xohlagan. Şunday bölsa-da, biroz keç qolganimizda, u Balotellini olişga majbur bölardi. Öşa vaqtda «Jyenoa» çiptalarni keçiktirgan, hali çegara masalasi hal qilinmagandi. Şunda German Vladimiroviç samolyot ijaraga oldi va biz tezda Genuyaga uçdik.
– Balotellining agenti Mino Rayola ekanini inobatga olsak, siz eng maşhur agentlardan biri Rayolani ortda qoldirgan ekansiz-da?
– Şunaqa (kuladi).
– «Yuventus»ning qiziqişi haqida gapirib bering.
– Biz amalga oşmagan transferlarni tahlil qilmaymiz, lekin şuni aytişim mumkinki, «Yuventus»ning qiziqişi rost edi va bu faqat OAVda çiqqan miş-miş emasdi. Janluka Di Marsio Eldorning transferi bahosi 15 million yevro ekanini aytdi. Bu esa Eldor bir yilda öz qiymatini ikki baravar oşirib oldi degani. Hozir A Seriyada ham ligaga moslaşgan, stabil gol uradigan hujumçini topiş qiyin. Eldor esa tilni örgana boşladi, köp yuguradi, gollar urmoqda. Şu sabab unga qiziqişlari tabiiy.
– Oxirgi vaqtlarda «Roma»ning qiziqişi haqida köp gapirişmoqda. Axir Mourino uning öyinlarini stadionda körgandi.
– Bu klubning qiziqişi qançalik jiddiy ekanini bilmayman, lekin Mourino Eldorni şaxsan tanişi rost. Aytgança, internetda ularning birga tuşgan suratini körgandirsiz, uni men olganman. Öşanda Joze Eldorning öyini haqida yaxşi gaplar aytgan.
– Biz sizni Eldor Şomurodovning agenti sifatida bilamiz, biroq 14 yildan buyon şu sohadaman deyapsiz, yana qanday maşhur futbolçilar bilan işlagansiz?
– Men emas, kompaniyamiz işlagan. Mijozlar bevosita ProSpors Management kompaniyasi bilan işlaydi. Bizda hamma kompaniya uçun işlaydi. Masalan, men ta'tilda vaqtim Eldorga nimadir kerak bölsa, unga boşqa vakilimiz yordam berişi mumkin. Maşhur futbolçilar haqida gapiradigan bölsam, endi faoliyatimni boşlaganda, Qozoğistonning «Lokomotiv» klubida Yegor Titov va Andrey Tixonov bilan işladim. Bu juda ajoyib bölgan, çunki yaqin-yaqingaça bu futbolçilarning öyinlaridan zavqlanib yurgandim. Keyin Sergey Semak, Andrey Karyaka, Igor Semşov, Sergey Ignaşeviç, Fyodor Smolov, Oleg Şatov kabi futbolçilar bilan işladik.
Endi köpçilik Özbekistonda yaxşi futbolçilar köp ekanini biladi va şu sabab biz ham ProSpors'ning Yevrosiyo loyihasini yölga qöymoqçimiz. Biz allaqaçon yaxşi futbolçilar bilan işlaşni boşladik. Masalan, Ibrohimxalil Yöldoşev, Hojimat Erkinov. Ular allaqaçon Özbekiston milliy jamoasida öynamoqda. Bizning eng yoş mijozlarimizdan biri Abbos Fayzullayev hisoblanadi. U «Paxtakor» örinbosarlarida öynaydi. Bu ismni eslab qolişingizni maslahat beraman, u juda aqlli futbolçi, töğrisi, buni maşğulotlar bilan şakllantirib bölmaydi.
– Abbos OÇL bahsida «Paxtakor» safida zaxiradan maydonga tuşdi. U bilan birga bir qator yaxşi futbolçilar ham debyut qilişdi. Şunda «Paxtakor»ning oxirgi turga kelib imkoniyatni yöqotgani yaxşi bölgan ekan deb qoldim, çunki şunday bölmaganda, bu yigitlar maydonga tuşmasligi mumkin edi.
– Ha, har qanday inqiroz nimadir uçun imkoniyat böladi. Masalan, rus futbolida iqtisodiy inqiroz yuzaga kelib, Xalk, Vitsel kabi futbolçilar keta boşlaganida, yangi yoş rus futbolçilari porlab çiqa boşladi. Çunki ularga imkoniyat berişga majbur bölişdi. Öşa vaqtda Rossiya olimpia jamoasidagi yigitlarni köpçilik tanimasdi, hozir esa yoş rus yigitlar yaxşi jamoada öynamoqda.
– Yana qaysi özbek futbolçilari bilan işlayapsiz?
– «Olimpik» futbolçisi Alişer Odilov, «Neftçi»dagi Ruslan Roziyev va Uluğbek Hoşimov. Ular ham olimpia jamoasida öynaydi. Eng yoş mijozimiz esa Mirkomil Abdurazzoqov. U «Paxtakor» örinbosarlari safida markaziy himoyada öynaydi.
– Öquvçilarga tuşuntirib bersangiz, agent bilan işlaş tizimi qanday yölga qöyiladi? Futbolçilar siz bilan işlagani uçun ularga pul tölaysizlarmi?
– Kompaniyamiz taşkil topganidan buyon hali biror futbolçiga pul tölamaganmiz, bu töğri emas. Biz öziga tinç futbolçilar bilan ham, yordamga muhtoj yoş futbolçilar bilan ham işlayapmiz. Ularga oddiy masalada yordam kerak bölişi mumkin. Ba'zan bu yordam şunçaki maslahat, havolanib ketmaslikka çorlov bölişi mumkin. Asosiysi, professional xizmat körsatiş. Ba'zida şartnomaga köra köp pul olmaydigan yoş futbolçilarimiz uçun stipendiya taşkil etişimiz mumkin. Biroq heç kimga şunçaki biz bilan işlagani uçun pul tölamaymiz.
Rossiyada yoş futbolçilarning özini tutişida özgariş kuzatiladi, biroq özbek futbolçilarida bu borada muammo kamroq. Masalan, keça Hojimat Erkinovning dadasi, akasi bilan körişib, guvoh böldimki, unga qöşimça nazoratning keragi ham yöq. Biz futbolçining transferidan yoki yaxşi şartnomaga ega bölişidan pul işlaşimiz mumkin, xolos. Şu sabab mijozlarimizning karerasida doimiy ösiş bölişidan manfaatdormiz.
Bizning işda inson omili eng muhimi, axir hamma narsa ham pul bilan boğliq emas-ku. Uzoq yil işlagan futbolçilarimiz bilan oilaviy döst bölib ketganmiz. Biz avvalo futbolçini hurmat qilişimiz kerak. Agentni pul uçun tanlaş kerak emas. Mendeş öz vaqtida Ronalduga u bilan işlaşi uçun «Ferrari» sovğa qilgani haqida afsona eşitganman. Lekin Mendeş öşanda «Sporting»da öynab yurgan yigitça hozirgi Ronalduga aylanişini bilmagan-ku? Şunçaki ular birga aylanib yurişganda Ronaldu öşa maşinani yoqtirib qolgan va ertasiga uni uyi oldida körgan. Bu şunçaki sovğa bölgan.
Agentning vazifasiga keladigan bölsak, biz avvalo futbolçiga yuridik xizmat körsatamiz, unga professional maslahat beramiz. Öqiydigan yigitlar bölsa, öqişida yordam beramiz.
– Rossiya va Özbekistondagi mijozlaringizni taqqoslay olasizmi?
– Rossiyada köpçilik ota-onalar farzandlari Rossiyada qolişini xohlaydi. Çunki u yerda klublar yaxşi maoş tölaydi. Özbekistonda esa köpçilik çetga ketişni istaydi. Çunki bu yerda faqat «Paxtakor» Yevropa darajasida maoş tölaşi mumkin. Şuningdek, futbolçilarning özi ham çetda öynaşni istaydi. Masalan, Maşaripov yaxşi maoş olsa ham yangi maydonlarni zabt etişni istab ketdi.
– Aytgança, siz Maşaripov bilan ham işlaganingiz haqida eşitdik, bu gap rostmi?
– Ha, u bilan işlaşimiz mumkin edi. Şartnoma imzolaganda uni Rossiya yoki Yevropa klubiga ötkaziş böyiça kelişgandik. Lekin futbolçining öziga Saudiyadan tuşgan taklif ma'qul kelgan. Nima bölganda ham, Jaloliddinga omad tilayman, u kuçli futbolçi.
– Siz Oston Örunov bilan ham işlaysizmi?
– Ha desa ham böladi, yöq desa ham. Biz, nima desam böladi, hududiy miqyosda işlaymiz. Ostonga «Spartak»dan taşqari TsSKA va «Rubin» ham jiddiy qiziqqandi. Ayniqsa, uning öyinlari Leonid Slutskiyga juda ma'qul kelgandi. Biz uning TsSKAga ötişini istagandik, lekin bizni eşitişmadi. «Spartak»da Şamil Gazizov öynayotgandi va Oston öşa yerga ötib ketdi.
– Belarusda öynayotgan yigitlarimiz, Yaxşiboyev haqida nima deya olasiz?
– U bilan işlamaganman, lekin zör futbolçi ekanini ayta olaman. Hozir Polşa çempionatida öynay boşladi. «Legiya» juda yaxşi jamoa. Uning faoliyatida agentlarning yaxşi işlaganini ham e'tirof etiş kerak. Çunki transfer bosqiçma-bosqiç amalga oşirildi va futbolçi Polşaga Belarus orqali yöl oldi.
Agentlarning yomon işi sifatida Jasur Jaloliddinovning transferini keltirişim mumkin. Masalan, biz Özbekiston milliy jamoasining asosiy tarkibida öynayotgan kuçli Şomurodovni «Rostov»ga ötkazdik. Lekin hali juda yoş Jaloliddinovni «Lokomotiv»ga ötkazişdi. Biz ham Eldorni Rossiyaning top klublariga ötkazişimiz mumkin edi, lekin u ösiş darajasini sakrab ötişini istamadik. Jaloliddinov «Lokomotiv»ga ötganida Nikoliç qaysi futbolçilarni oliş kerakligini aytib bölgan, jamoada legionerlar limiti tölgandi. Agentlar buni bilgan holda yigitçani «Lokomotiv»ga yuborib, pul ham işlab olişdi. Keyin esa futbolçi Özbekistonga qaytib keldi.
Şu örinda, ota-onalarga aytmoqçimanki, farzandingizga oltin toğlarni va'da qilişsa, yetti ölçab, bir kesing.
– Özbek klublarida legionerlarni olib kelib, ular ketgaç, jarima tölaş holati köp kuzatiladi. Şunday holatlardan qoçiş uçun nima qiliş kerak?
– Klublar boşida yaxşi yurist uçun pul tölaşdan qoçib şunday holatga tuşib qolişi mumkin. Menimça, siz aytayotgan holatda şunçaki şartnomada yozilgan summani tölab berişadi. Şu sabab şartnomani imzolaşdan avval yaxşilab öqib çiqiş kerak. Biz masalan, har bir transferni röyxatdan ötkazişdan avval xalqaro tajribaga ega yuridik kompaniyalar bilan işlaymiz.