Afğonistonning Qunduz viloyatidagi Imom Sohib tumani toliblar tomonidan egallab olindi. Bu haqda «Pajvok» agentligiga tayanib «Aziya-Plyus» xabar berdi.

Agentlik muxbirining sözlariga köra, «Tolibon» bir neça soat avval tumanni egallagan, hozirda Qunduz şahriga hujum boşlagan.

Mazkur tuman Tojikistonning Xatlon oblastidagi Panj tumani bilan çegaradoş hisoblanadi.

"Şahar darvozasi toliblar qölida, şaharning özi qurşab olingan. Şahardagi vaziyat keskinlaşmoqda", - deyiladi xabarda.

Oxirgi bir neça oy içida Afğonistonda köplab tumanlar «Tolibon» qöliga ötgan. Sönggi bir neça kun içida hukumat qöşinlari 15ta tumanni tark etgan.