Yirik turnirlarning eng maftunkor jihati — kaşfiyot jamoalardir. Turnir arafasida köpçilik işonç bildirmagan jamoalar albatta kuçli öyin körsatişadi va yangi muxlislarga ega bölişadi. Masalan, 1990 yildagi Kamerun yoki kutilmaganda Yevro-1992ga yöl olib, barçaning sevimlisiga aylangan Daniya.
Bu safargi qit'a çempionatida Şotlandiya ham şunday yorqin öyin körsatdi. Agressiv, jöşqin va çinakamiga jonli jamoa. Madhiya ijro etiş borasida ular Italiya bilan raqobatlaşişi mumkin. Ularning öyiniga qarab şotlandlar ikki yil muqaddam Yevro saralaşida bir oy içida Belgiya va Rossiyaga bir xilda 0:4 hisoblari bilan mağlub bölganiga işoniş qiyin.
Öşanda Stiv Klark terma jamoa boşqaruviga endigina kelgandi, uning hozirgi jamoasi Millatlar ligasi pley-offida yuzaga keldi, bu bosqiçda Şotlandiya Belgradda Serbiyani mağlub etib, qahramonlik körsatgan holda Yevro uçun qöşimça yöllanmagan ega böldi. Ammo bu jamoa xarakter va hissiyotlarga kuçli darajada boğlangan, öyin tuzilmasi esa u qadar mustahkam emasdi va Gilmor kasallikka çalinib safdan çiqqanida uning örnini töldirib bölmadi.
Yoş va iste'dodli yarimhimoyaçi Angliyaga qarşi öyinning eng yaxşi futbolçisi sifatida e'tirof etilgan, unda koronavirus aniqlangaç, u özi bilan kontaktda bölgan «Çelsi»dagi jamoadoşlari — Maunt va Çiluell ham karantinga ketişiga sababçi böldi. Klark böşliqni tajribali va universal futbolçi bölgan Armstrong bilan yopmoqçi böldi, va uning bunday qarori Zlatko Daliçning qarorlaridan köra oddiy edi. Xorvatiyalik murabbiy birtöla tört futbolçini özgartirib, darvozabondan boşqa barça çiziqlarda murvatlarni burab çiqdi.
Mavzuga oid
Asosiysi — uning barça özgarişlari özini oqladi. Öng qanot himoyasiga tuşirilgan tetik Yuranoviç Robersonning hujumlarini tösib qöydi va özi ham bir golga uzatma berdi. Brozoviç tayanç zonasini mustahkamladi, Petkoviç töp köproq öz jamoasida bölişni ta'minladi, Vlaşiç esa hujumlarga rang-baranglik kiritdi. Bungaça u ikki öyinda zaxiradan tuşayotgandi.
TsSKA futbolçisi 1 may kuni «Ufa»ga qarşi öyinda jarohat olgandi va bir oyga safdan çiqdi. Vlaşiçga faqat Armanistonga qarşi örtoqlik uçraşuvida bir bölim öynaş imkoni berilgandi. Daliç Yevro guruh bosqiçi yakunidagina u töliq öyinga tayyor deb hisobladi. Raqibning öyin startidagi şturmi bir amallab qaytarilgaç, Xorvatiya özining ilk imkoniyatidan foydalandi, Vlaşiç Perişiç taşlab bergan töpni darvoza burçagiga joyladi.
Vlaşiç doimiy ravişda markaziy hujumdagi Petkoviç bilan joy almaşib öynadi. Xorvatlar birinçi goldan keyin mezbonlar öziga kelib olmasidan öyinni hal qilib qöyişlari ham mumkin edi, ammo tanaffusga teng hisobda yöl olindi. Gol yana tajribali markaziy himoyaçilar xatosi tufayli ötkazildi. Çexlarga qarşi öyinda Lovren penaltiga sabab bölgandi. Endi uning şerigi Vida töpni Makgregorning oyoğiga taşlab berdi va «Hempden Park» bu golni aqldan ozgudek bölib nişonladi.
💙⚽️ Scotland's first EURO goal since 1996! 🏴
Çunki bu tarixiy gol edi, Şotlandiya çorak asrdan buyon qit'a birinçiliklarida gol ura olmay kelayotgandi — sönggi gol Yevro-1996da afsonaviy Alli Makkoyst tomonidan urilgan. Lekin tablodagi hisob bu ikki jamoa uçun ham Yevropa çempionati yakunlanganini anglatardi, şu tufayli ikkinçi bölimda ikki jamoa ham hujumkor öynaşi tabiiy edi.
Vlaşiç 76-daqiqada almaştirilgunça yana bir bor özini körsatib, Gvardiolani raqib darvozaboni bilan yakkama-yakka holatga çiqardi. Ammo Zagrebning «Dinamo»sidan «Leypsig»ga ötişi kutilayotgan 19 yoşli himoyaçiga tajribali Marşallni aldaş uçun hujumçilik jihatlari yetişmadi. Aks holda u Xorvatiyaning qit'a çempionatlarida gol urgan eng yoş futbolçi sifatida tarixga kirişi mumkin edi.
Ammo 2008 yilgi Yevroda gol urgan Modriçning rekordi özgarmay qoldi. U xorvatlarning eng yoş snayperi bölgandi, endi esa turnirda gol urgan eng yoşi katta futbolçisi ham böldi. Glazgodagi öyin vaqtida Modriç 35 yoşu 286 kunlik edi. Uning burçakdan Perişiçga uzatgan golli pasidan keyin esa öyin taqdiri amalda hal böldi.
Guruhda sönggi örinda qolganiga qaramay, Şotlandiya Yevroni boşini baland kötargan holda tark etmoqda. Xorvatiya esa jahon vitse-çempionlari tavqi-la'natini yengib öta oldi. Çorak asr davomida bunday jamoalar keyingi Yevroda muvaffaqiyatsizlikka uçrab kelardi. Italiya, Germaniya, Fransiya va Niderlandiya kabi jamoalar guruhlardan çiqa olmay qolib ketişgandi. Xorvatiya esa uddaladi, pley-offda ham ular 2018 yilgi jahon çempionatidagi kabi yuriş qilişi heç gap emas.
Xorvatlar çexlarni uçinçi öringa tuşirib yubordi, lekin çexlar ham eng yaxşi uçinçi örin egalari safida pley-offga çiqişadi, Ukrainaning imkoniyati esa keskin pasaydi.
Angliya Yevro-2020da yana bir zerikarli öyin ötkazdi, ammo çexlar mağlub etildi
Britanlarning tuşunarsiz öyini
Yevropa çempionati startiga qadar Angliya terma jamoasi turnirning asosiy favoritlari qatorida edi. Albatta, ular hozir ham oltin medallar uçun da'vogarlar safida qolmoqda, faqat ularning muvaffaqiyatiga şubha ortgan.
Hammasi ular körsatayotgan öyinda. Angliya Xorvatiya va Şotlandiyaga qarşi tuşunarsiz öynadi. Ular bu öyinlarda tört oçko jamğargan bölişsa-da, bu öyinlarda Garet Sautgeyt şogirdlari Italiya kabi yorqin taassurot körsata olişmadi. Britanlar zöriqiş bilan harakat qilişdi va xorvatlar bilan öyinda ğalabani boy berişlari ham, şotlandlarga yutqazişlari ham mumkin edi. Ammo ikki turda olingan tört oçko — guruhdan çiqişni deyarli kafolatlaşdi, şunday ekan, natija keltirayotgan Sautgeytni tanqid qiliş ham adolatli emasdi.
Ammo inglizlar zerikarli öynaşmoqda, buning sababi esa aynan murabbiy bilan boğliq. «Uç şerlar» jahon çempionatida ham gollar yomğiri yoğdirişmagandi, faqat Panamaga qarşi öyinni hisobga olmaganda. Natija bir qaraşda yuqori — törtinçi örin va penaltilar seriyasida uzoq kutilgan ğalaba — bu öyindagi muammolarni xaspöşlagan. Sautgeyt haddan taşqari ehtiyotkorona uslub tanlaydi, uning sxemasida fantaziyalarga va ijodkorlikka örin yöq, harakatlar imkon qadar soddalaştirilgan. Angliyadagi muxlislarga ham bunday taktika tanlaş sababi ma'lum emas — terma jamoada asrning eng kuçli avlodi jamlangan, kreativ futbolçilar köp, öyin esa zerikarli.
Uzoq kutilgan Griliş
Dastlabki ikki öyinda Sautgeyt özligiga sodiq qoldi va yana Griliş, Reşford va Sançoni öyindan taşqarida qoldirdi («Borussiya» yarimhimoyaçi hatto zayavka qilinmagandi). Şu bilan birgalikda, bahordagi öyinlarda «Mançester Siti»asosiy tarkibidan tuşib qolgan Sterling va undan asosiy tarkibdagi örnini tortib olgan Fil Foden ilk daqiqalardan harakat qildi. Lekin Fil özi uçun odatiy bölmagan öng qanotda tuşdi (klubida 21 yoşli havbek çap qanotda töp suradi). «Siti»da Fodenga keng erkinlik berilgan, unga markazga ötib öynaşi ham mumkin, Sautgeyt esa Filni öng qanotga boğlab qöydi. Angliya termasi öyini qanotlardan yoki orqaroqdan beriladigan uzun paslarga asoslangani hisobga olinsa, Foden terma jamoaga kerakliça samara bermasligi tayin edi.
Çexlar bilan öyinga Sautgeyt futbolçilarning joylaşuvini özgartirişga qaror qildi. Ammo kutilganidek emas. Ha, Angliya matbuotida va ijtimoiy tarmoqlarda asosiy mavzuga aylangan Grilişga boşlanğiç tarkibdan joy berildi. Ammo Sanço yana zaxirada qoldirildi (u yakunlangan mavsumda nemis klubi safida 16 gol urgan va 20 golga uzatma bergan), öng qanotda Foden örnini «Arsenal» vingeri Saka egalladi, Sautgeyt avvallari uni çap qanotda öynatardi. Saka uçun bu Yevrodagi debyut öyin böldi — Şotlandiyaga qarşi öyinda u zayavkaga ham kiritilmagandi.
Ha, Grilişning tuşirilişi köp jihatdan vaziyat taqozosi edi, öyin arafasida Maunt va Çiluell Şotlandiya termasi a'zosi Billi Gilmor (unda koronavirus tasdiqlangan) bilan aloqada bölgani uçun izolyatsiya qilindi. Griliş sxema böyiça Mauntning örnini egalladi, ammo amalda 4-3-3 sxemasi 4-2-3-1 ga özgardi. «Çelsi» yarimhimoyaçisi markazdagi uçlik bilan bir çiziqda joylaşgan bölsa, Griliş Keynning ortida harakatlandi.
«Ölim guruhi»dan raqib
Birinçi bölim ingliz muxlislarga öyin özgargani haqida umidlar baxş etgandi. Öyinning 2-daqiqasidayoq Sterling raqib jarima maydoniga yorib kirib, darvoza ustunini poyladi, köp ötmay «Siti» forvardi baribir gol urdi — Saka boşlab bergan hujumni Grilişning uzatmasidan keyin yakunlab qöydi. Uning ortidan terma jamoa sardori, Angliya çempionatining yakunlangan mavsumida eng köp gol urgan va eng köp golli uzatmani amalga oşirgan Keyn ham uyğondi, u avvalgi ikki turda biror marta darvoza sari aniq zarba yöllay olmagandi, bu öyinda esa yuz foizlik imkoniyatga ega böldi, ammo çexlar darvozaboni Vatslik jamoasini qutqardi.
Angliya tanaffusga qadar Xorvatiya va Şotlandiyaga qarşi öyinlar bilan taqqoslaganda ança hujumkor öyin namoyiş etdi. Şu bilan birga, Çexiyaga ham öynaşga qöyib berişdi: Goleş va Souçek birinçi bölimda javob goli uriş uçun imkoniyatlarga ega bölişdi. Ammo ikkinçi bölimda Sautgeyt yana öyinda tempni tuşira boşladi — ikki jamoa darvozasi oldida ham yaqqol golli vaziyatlar yaratilmadi.
Angliya baribir 1:0 hisobini saqlab qoldi, ammo murabbiylar ştabi haqli tanqidlarga uçramoqda. Faqatgina qörqoqlarça futbol uçun emas, bunday futbol bilan kuçli raqib qarşisida qolişgani uçun. Gap şundaki, D guruhining birinçi jamoasi pley-offda F guruhining (Fransiya, Germaniya va Portugaliya) ikkinçi vakiliga qarşi maydonga tuşadi. D guruhining ikkinçi jamoasi esa nisbatan osonroq raqibga tuşgan bölardi E guruhining ikkinçi jamoasiga qarşi (Ispaniya, Şvetsiya, Slovakiya, Polşa).
Çexlar uçun eng alamlisi, ular pley-offga ikkinçi örin bilan çiqa olişmadi. Ha, ular kuç tejab ham Şotlandiyani mağlub etişgan, xorvatlar bilan öyinda durangga erişgan va Angliya bilan tengma-teng öynaşdi, ammo Xorvatiya parallel uçraşuvda 3:1 hisobidagi ğalabaga erişişdi va guruhni ikkinçi örinda yakunlaşdi. Çexlar tört oçko bilan ham guruhdan çiqişadi, ammo ularning raqibi kim bölişi hali noma'lum.
Har holda Angliya Londonda qoldi, ular bu yerda ölim guruhidan çiqib keladigan raqibni kutişmoqda.