Toşkent viloyati Zangiota tumanida fuqarolardan biriga tegişli xonadonda yonğin sodir bölgan. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar bermoqda.
Ma'lum qilinişiça, bugun, 24 iyun kuni soat 16:45da Toşkent viloyati FVB navbatçi dispetçerlik xizmatiga Zangiota tumani «Eşonguzar» MFY, Şarq Yulduzi köçasi 15-uyda yonğin sodir bölayotgani töğrisida xabar kelib tuşgan.
Mazkur xabarga asosan, soat 16:51da voqea joyiga 6 ta yonğin-öçiriş ekipaji yetib borib, soat 17:06da yonğin örab olingan va soat 17:41da bartaraf etilgan. Yonğin oqibatida uyning taxminan 200 metr kvadrat maydonida tom va şift qismi yonib ketgan.
Qayd etilişiça, hodisada heç kim tan jarohatlari olmagan. Hozirda yonğin sababi hamda keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Sirdaryoda fuqaroning uy-joyi yonib ketdi
Toşkent viloyatidagi moy işlab çiqariş sexida yonğin sodir böldi












