Xalq deputatlari Andijon şahar kengaşi deputati Şuhratbek Karimov unga qaraşli tadbirkorlik sub'yekti ustidan oçilgan jinoyat işi doirasida qamoqqa olindi.

Kun.uz manbasiga köra, jinoyat işlari böyiça Izboskan tuman sudi şunday ajrim çiqargan. Deputat ayni paytda viloyat IIBning 3-hibsxonasida saqlanmoqda.

Boş prokuraturadan ma'lum qilişlariça, Karimov Jinoyat kodeksining 168- (firibgarlik), 192-11 (Nodavlat tijorat taşkilotida yoki boşqa nodavlat taşkilotida mansabdor şaxslar tomonidan öz vakolatlarini suiiste'mol qiliş) va 228-moddalari (Hujjatlar, ştamplar, muhrlar, blankalar tayyorlaş, ularni qalbakilaştiriş, sotiş yoki ulardan foydalaniş)  bilan gumonlanmoqda.

Şuhratbek Karimov ta'sisçiligidagi “Alliance road construction” MÇJ Andijon şahar Böston dahasida özboşimçalik bilan 6 gektar yerni noqonuniy egallab olib, quriliş boşlaganlikda va bu orqali “Ibtido servis trans” hamda uç nafar fuqaroning yerdan foydalaniş huquqlarini poymol qilişda gumon qilinyapti.

Karimov Andijon şahar kengaşining 17 may kungi sessiyasida şahar prokurorining taqdimnomasiga asosan deputatlik daxlsizligidan mahrum qilingandi.

Bu sessiyada deputatlarga telefon hamda ovoz va video yozuvçi boşqa moslamalarni olib kiriş taqiqlangan, şu bois milliy gvardiya xodimlari deputatlarni tintuv qilgan edi. Bu esa jamoatçilik muhokamalariga sabab bölgandi.

Öşanda Milliy gvardiya matbuot xizmati bergan izohda, tintuv qiliş topşiriğini Andijon şahar hokimi bergani, prokuratura va IIB xodimlari tintuvga boş-qoş bölgani ma'lum qilingandi.

Deputat Şuhratbek Karimov Kun.uz'ga bergan intervyusida sessiya “töliq şahar hokimining ssenariysi ostida ötgani”ni aytgandi.

Bundan avvalroq, u kiritgan deputatlik sörovlaridan söng şahar hokimining yer ajratişga oid bir neçta qarorlari bekor qilingan.