Xitoyning Şanhay şahrida dunyodagi eng baland mehmonxona oçildi.

Xabar qilinişiça, mehmonxona 632 metrli binoning yuqori qavatlarini egallagan. Binoning 120-qavatida restoran, 84-qavatida spa-zona, barlar va basseyn joylaşgan.

Foto: J Hotel, Shanghai Tower

Bron qiliş uçun 165ta nomer bölib, yuqori qavatlarga soniyasiga 18 metr tezlikda harakatlanadigan lift yordamida kötariliş mumkin.

Mehmonxona Jin Jiang International Hotels davlat holdingiga tegişli.