Özbekiston xalq artisti Töti Yusupova 86 yoşida vafot etdi. Bu haqda Özbek Milliy Akademik drama teatri xabar qildi.
«Ustoz san’atkor, özbek teatr va kino san’atining yirik namoyandasi, özbekning atoqli va ardoqli ijodkori, öz ijodiy uslubiga ega aktrisa, yurtning duogöy onaxoni, samimiy va kamtarin inson, Özbekiston xalq artisti Tötixon Yusupova tabarruk 86 yoşda bandalikni bajo keltirdi.
Allohning irodasi ekan, Tötixon onamizning ortidan qoluvçilarga Özi çiroyli sabr bersin. Rahmatlining oila a’zolariga, barça yaqinlariga ta’ziya bildiramiz. Alloh marhumaning manzil-makonini şoistai jannat qilib, oxirat saodatiga yetkazsin», deyiladi xabarda.
Ma’lumot uçun, Töti Yusupova 1936 yilning 10 mart kuni Samarqand viloyatida tavallud topgan. Toşkent teatr va rassomlik institutini tamomlagan. 1957 yildan özbek milliy akademik drama teatrida faoliyat yuritgan. Teatr sahnasida Hafiza (Abdulla Qahhor, «Şohi sözana»), Sonya (A.Çexov, «Vanya toğa»), Qorasoç (Uyğun, «Şubha»), Hojar (A.Qahhor, «Tobutdan tovuş»), Nuri (Oybek, «Qutluğ qon»), Ona (E’ Robles, «Ölimdan kuçli»), Xonzoda (Hamza, «Boy ila xizmatçi»), Şafaq (M. Karim, «Oy tutilgan tunda»), Rahima (O‘. Umarbekov, «Komissiya»), Sotti (S.Ahmad, «Kelinlar qözğoloni»), Fotima, Zebi (O‘.Umarbekov, «Şoşma quyoş», «Qiyomat qarz»), Nodira (T.Töla, «Nodira»), Mastura (Hamza, «Paranji sirlari») kabi turli qahramonlar obrazini yaratdi. Şuningdek, aktrisa kinoda samarali faoliyat yuritgan.
Töti Yusupova 1994 yilda Özbekiston xalq artisti unvonini olgan, 2020 yilda «Mehnat şuhrati» ordeni bilan taqdirlangan.
2015 yilda va 2021 yil yozida ham aktrisaning vafoti haqida xabarlar tarqalgan, keyin bu xabarlar tasdiqlanmagandi. Keyinroq madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov Töti Yusupovaning holidan xabar oliş uçun uning xonadoniga borgandi.
2019 yil mayida uning turmuş örtoği, aktyor va dublyaj rejissyori Mirğiyos Soatov 82 yoşida vafot etgandi.










