Özbek teatr va kino san’atining öçmas yulduzi, Özbekiston xalq artisti Töti Yusupova 2022 yil 15 mart kuni 86 yoşida vafot etdi. Kun.uz Xotira va qadrlaş kuni arafasida Töti ayaning yaqinlaridan uning ham ijoddagi, ham sahna ortidagi hayoti haqida sözlab berişlarini söradi.

Rixsi Ibrohimova, Özbekiston xalq artisti:

— Töti Yusupova bilan salkam 70 yilga yaqin birga ijod qildik, birga yaşadik, turmuşning aççiq-çuçugini birga totdik. Toşxöja Xöjayev sahnalaştirgan “Monserra” spektaklida birinçi marta ona rolini şu qadar maromiga yetkazib öynadilarki, undan keyin teatrda ona rollarini doim ularga berişgan.

Teatrga yaqin joyda yaşaganlari uçun uylariga köp borardik – eşiklari doim hammaga oçiq edi. Teatr aktyor-aktrisalari juda kamtarona hayot keçirişardi. Hozirgiday töylarga çiqişlar yöq edi. Teatrning 40 söm oyligi bilan kun körganmiz. Töti opa bilan Mirğiyos aka oilasi ham şu maoş bilan uç farzandni katta qilişdi. Bolalari yoş edi, Töti opam teatrga çiqqanlarida men qarab turardim ularga.

Muqaddas Xoliqova, Özbekiston xalq artisti:

— Uyda örganmagan uy yumuşlarigaça, hatto xamir yoyişniyam Töti opamdan örgandim. Bola tarbiyasi, insonlar könglini oğritmasdan tuşuntirişni ham ulardan örgandim. Şunday tuşuntirardilarki, aybingni özingga bildirmay, kesatmay anglatardilarki, beixtiyor tuzatişga harakat qilarding.

“Farzandlarimning biror nojöya işini sezsam, falonçi dugonamni bolasi şunaqa yomon iş qilib qöyibdi. Onasi yer yorilmadi, yerga kirmadi, derdim. Bolalarimga şunaqa ta’sir qilardiki, uyalganidan közlarini yaşirişardi. Qaytib şu işni qilişmasdi”, derdilar.

Dilnoza Kubayeva, aktrisa:

— Töti aya bilan bizni dard birlaştirgandi desam töğri böladi. Boşimga sinov tuşib, turmuş örtoğimni yöqotib onamning uyiga qaytib kelganimda qönğiroq qilganlar. “Bolajonim, endi işga çiqqin. Ötganlar ötdi endi, men ham ikki farzandimni tuproqqa qöyganman. Iş bilan ovunib, qiyin kunlarni mehnat bilan yengib ötasan”, deganlar. Bu menga, onamga qattiq ta’sir qilgan, katta dalda bölgan.