Prezidentning «Özbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi faoliyatini taşkil etiş hamda sohani innovatsion rivojlantiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi farmoni qabul qilindi.

Hujjatda Turizm va sport vazirligi huzurida Madaniy meros agentligining asosiy vazifalari belgilandi. Agentlik moddiy madaniy meros, muzeylar, arxeologiya, madaniy boyliklarning olib çiqilişi va olib kirilişi sohasida maxsus vakolatli davlat boşqaruv organi hisoblanadi. Agentlikning öz vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari davlat va xöjalik boşqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvçi hokimiyat organlari, boşqa taşkilotlar va ularning mansabdor şaxslari, şuningdek, fuqarolar tomonidan bajarilişi majburiy hisoblanadi.

Quyidagilar agentlik bilan kelişilişi majburiy hisoblanadi:

  • sohaga oid NHHlar loyihalari va moddiy madaniy merosning köçmas mulk obektlari joylaşgan aholi punktlarining boş rejalari;
  • moddiy madaniy merosning köçmas mulk obektlarida, alohida muhofaza qilinadigan tarixiy-madaniy hududlarda, Umumjahon merosi röyxatiga kiritilgan hududlarda va ularning qöriqlanadigan tegralarida obektlarni quriş, buziş va obodonlaştiriş işlarining loyihalari.

Moddiy madaniy meros köçmas mulk obektlarining davlat reyestri Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.

Moddiy madaniy meros obektiga yetkazilayotgan zarar haqidagi holat böyiça xabardor bölgan paytdan boşlab davlat nazoratining dastlabki natijalari 24 soat içida agentlik rasmiy sayti orqali jamoatçilikka ma'lum qilinişi şart.

Moddiy madaniy meros obektlari va muzeylar sohasidagi davlat xizmatlari 2023 yil 1 yanvardan boşlab elektron şaklda körsatiladi. Bunda davlat xizmatlari markazlari va YaIDXP orqali yoki arizaçining özi bevosita agentlikning tegişli tuzilmasiga murojaat qiliş tartibi joriy etiladi.

Agentlik mas'ul xodimlari va FHŞ asosida jalb etilgan mutaxassislar, ekspertlar tomonidan tegişli köçmas mulk va köçar aşyolar şaxsan ekspertizadan ötkaziladi.

Davlat xizmatini körsatiş natijasida beriladigan hujjatlar QR-kod qöyiş orqali beriladi.

Moddiy madaniy meros obektlari, muzey, sport majmualari va boşqa namoyiş obektlari röyxati prezidentning PF–6199-son farmoni bilan tuzilgan Turizm, sport, madaniy meros, transport logistikasi va xizmatlar sohalarida DXŞ hamda raqamlaştirişni rivojlantiriş masalalari böyiça muvofiqlaştiruvçi kengaş tomonidan tasdiqlanadi.

Röyxatga kiritilgan namoyiş obektlariga kiriş-çiqiş joylarida 2021 yil 1 oktyabrga qadar elektron turniketlar yoki taşrif buyuruvçilarni avtomatik hisobga olişga möljallangan boşqa moslamalar «Raqamlaştiriş va avtomatlaştiriş markazi» DUK tomonidan örnatilişi hamda ular tegişli yagona elektron tizimga integratsiya qilinişi şart.

2022 yil 1 yanvardan boşlab namoyiş obektlari röyxatiga kiritilgan namoyiş obektlarida çiptalar savdosini tegişli yagona elektron tizimga integratsiya qilmagan holda amalga oşiriş NKM va hisob-kitob terminallarini qöllaş tartibini buziş deb baholanadi.

Quyidagilar tasdiqlandi:

  • agentlikning taşkiliy tuzilmasi va markaziy apparati tuzilmasi;
  • 2021-2022 yillarda moddiy madaniy meros obektlarini muhofaza qiliş, muzeylar faoliyatini rivojlantiriş va sohani raqamlaştiriş böyiça «yöl xaritasi»;

quyidagilarning:

  • 2021-2022 yillarda moddiy madaniy meros köçmas mulk obektlarini qayta tarixiy-madaniy ekspertizadan ötkaziş, ularning raqamlaştirilgan pasporti va katalogini işlab çiqişning maqsadli körsatkiçlari;
  • 2021-2023 yillarda moddiy madaniy meros köçmas mulk obektlarining qöriqlanadigan tegralarini belgilaş va raqamlaştirişning maqsadli körsatkiçlari;
  • 2021-2023 yillarda davlat muzeylaridagi muzey aşyolari va muzey kolleksiyalarini elektron identifikatsiya qiliş maqsadli körsatkiçlari.