Yevro-2020. 1/8 final
Belgiya — Portugaliya — 1:0 (1:0)
Gol: T.Azar, 42.
Belgiya: Kurtua, Alderveyreld, Vertongen, Vermalen, Mene, Vitsel, Tilemans, De Bryuyne (Mertens, 48), E.Azar (Ferreyra-Karrasko, 87), T.Azar (Dendonker, 90+5), Lukaku.
Portugaliya: Ruy Patrisiu, Dalot, Pepe, Ruben Diaş, Rafael Gerreyru, Joau Moutino (Joau Feliks, 55), Palinya (Danilu Perreyra, 78), Renatu Sançeş (Serjiu Oliveyra, 78), Bernardu Silva (Brunu Fernandeş, 55), Kriştianu Ronaldu, Diogu Jota (Andre Silva, 70).
Ogohlantirişlar: Palinya, 45. Dalot, 51. Vermalen, 72. Pepe, 77. Alderveyreld, 81.
Hakamlar: Brix. Borş, Lupp (barçasi — Germaniya).
VAR: Frits. Gittelmann, Dingert, Dankert (barçasi — Germaniya).
27 iyun. Sevilya. «Olimpiyskiy» stadioni.
Yevro-2020 pley-offidagi eng afişali uçraşuvda amaldagi çempionlar va FIFA reytingida birinçi örinda turgan jamoa töqnaşdi.
Portugallar guruh bosqiçida katta taassurot qoldirişmadi. Vengrlar ustidan qiyin ğalaba, Germaniyadan oğriqli mağlubiyat va öyin sifati emas, guruhdan çiqiş masalasi birinçi örinda bölgan fransuzlarga qarşi durang bilan yakunlangan öyin.
Belgiyaliklar haqida ham yorqin öyin namoyiş etdi deyiş qiyin. Roberto Martines va jamoa guruhda katta kuç sarflamasdan töqqiz oçko töpladi. «Qizil iblislar» Rossiya va Belgiyaga gollar yoğdirişni reja qilib maydonga tuşmagandi - ular hamişa pley-offni öylab, resurslarni ehtiyotlaşdi.
Ular hozir ham barça kuçni sarflaşga şoşilmayapti. Portugallar öyin boşida raqibni qarşi hujumda doğda qoldirişga urinişdi, ammo Diogu Jota öz imkoniyatidan foydalana olmadi. Keyin raqiblar pozitsion hujumlar rejimiga ötişdi, muxlislar uçun zerikarli öyin taklif etildi.
Öyindagi birinçi aniq zarbani Ronaldu berdi, uning jarimadan yöllagan zarbasi Kurtua uçun muammo tuğdirdi, ammo darvozabon mahoratini körsata oldi.
Belgiyaliklarning birinçi urinişi esa muvaffaqiyatli çiqdi: Torgan Azar uzoq masofadan yöllagan zarba darvozabon uçun noqulay trayektoriya hosil qilib darvoza töriga borib tuşdi. «Qizil iblislar» birinçi bölimda köp harakat qilişmadi, ammo natijaga erişişdi.
😮 THAT Thorgan Hazard strike = Goal of the Round 𝗖𝗢𝗡𝗧𝗘𝗡𝗗𝗘𝗥?@GazpromFootball | #EUROGOTR | #EURO2020 pic.twitter.com/GUCkcGg7mk
— UEFA EURO 2020 (@EURO2020) June 27, 2021














