Facebook aksiyalari 28 iyundagi birja savdolari davomida 4,2 foizga qimmatlaşib, 355,6 dollarga yetdi. Buning natijasida kompaniyaning bozor qiymati ilk bor 1 trln dollardan oşdi.  

Kompaniya aksiyalari narxi Kolumbiya okrugining antimonopol işlar böyiça federal sudining qarori ortida kötarildi. Sud Facebook’ning sud taftişini töxtatiş haqidagi iltimosini qondirdi. Sudning fikriça, da'vo qiluvçilar kompaniya qonunni buzganini isbotlay olişmagan. 

Kompaniya ustidan sudga da'vo arizasini AQŞ federal savdo komissiyasi hamda 48ta ştat va okrug ma'muriyati 2020 yil dekabrda bergan edi. Ular kompaniyaning bozordagi monopol mavqega egaligiga misol sifatida u tomondan Instagram ijtimoiy tarmoği va WhatsApp messenjerining sotib olinişini keltirişgan. Da'vo qiluvçilarning fikriça, Facebook kiçikroq raqobatçilarni yöq qiliş uçun özining monopol mavqeyidan foydalangan.

Bungaça kapitallaşuvining 1 trln dollardan oşişiga Amazon, Alphabet (Google), Microsoft va Apple erişgan edi.

Ötgan hafta Microsoft’ning kapitallaşuvi 2 trln dollardan oşdi. Korporatsiya Apple’dan keyin AQŞda bunday körsatkiçga erişgan ikkinçi kompaniyaga aylandi.