Qaşqadaryo viloyati hududlarida eskirgan elektr simlari, transformator punktlari va elektr ustunlarini yangilaş davom etmoqda.

Viloyat böyiça 674 mingdan ziyod elektr energiyasi iste'molçilari bölib, şundan aholi iste'molçilari soni 629 mingdan ortiqni taşkil etadi. 45 ming nafari esa ulgurji iste'molçilar.

Mazkur iste'molçilar 28 ming uzunlikdagi 04, 110 kv kuçlanişli tarmoqlar va 10 mingga yaqin transformator punktlari orqali elektr energiya bilan ta'minlanadi.

Bu yil 1500 km elektr uzatiş tarmoqlari va 400 dan ortiq transformator punktlarida yangi quriş hamda ta'mirlaş rejalaştirilgan edi. Bugungaça 455 km.dan ziyod tarmoqlar va 148 dona transformator punktlarida yangi quriliş va rekonstruksiya amalga oşirilgan.

Jumladan «Obod qişloq» va «Obod mahalla» dasturi asosida 216 km tarmoqlar va 40 dona transformatorlar yangilangan.

Bu kabi işlarni amalga oşiriş uçun viloyat  böyiça 90 nafar mutaxassisdan iborat 15 ta brigada taşkil etilgan. 4 dona yuk taşuvçi, 4 dona avtokran va 13 dona boşqa maxsus maşinalar taşkil etilgan. Bu işlar natijasida yil oxirigaça 400 ga yaqin mahallada elektr sifati  yaxşilanişi közda tutilgan.

Misol uçun, Mirişkor tumanida «Obod qişloq» dasturi doirasida 1,1 milliard söm mablağ aynan elektr ta'minoti tizimini takomillaştiriş, yangi tarmoqlarni quriş, rekonstruksiya maqsadlari uçun möljallangan. Tumanning Zafar va Böston MFYlarida 12,6 km elektr uzatiş tarmoqlarini yangilaş, 2 ta transformator punktini quriş işlari amalga oşirilmoqda. Qolgan eski transformatorlar ta'mirlab berilyapti.

Tuman böyiça esa yangilanadigan elektr tarmoqlari 41 km.ni, yangi transformatorlar 16 tani taşkil etadi. Natijada 893 ta xonadon, 6 ta ijtimoiy soha obekti, 49 ta ulgurji iste'molçilarning elektr energiyasi ta'minoti tubdan yaxşilanadi.

Xuddi şunday, Qarşi şahar elektr tarmoqlari korxonasining mutaxassis xodimlari Otçopar va Mağzon MFYlarida amalga oşirilayotgan «Obod mahalla» dasturining samarali ijrosida va köp qavatli uylar atrofida obodonçilik, elektr liniyalari rekonstruksiyasini amalga oşirilmoqda.