Saudiya Arabistoni podşohi Salmon bin Abdulaziz Ol Saudning jiyani - şahzoda Fahd bin Turki bin Abdulaziz harbiy sud tomonidan ölim jazosiga mahkum qilindi. U davlatga xiyonat qilişda aybdor deb topilgan.

Fors körfazi davlatlarini örganiş böyiça Vaşington instituti (Gulf Institute) ning şahzodaning yaqinlaridan biriga tayanib xabar berişiça, şahzoda Fahd podşoh Salmon va uning öğli – valiahd şahzoda Muhammad bin Salmonni taxtdan çetlatiş maqsadida hukumatga qarşi töntaruvni taşkillaştirişga aloqador deb hisoblanmoqda.

Avvalroq Yamandagi uruşda Saudiya Arabistoni kuçlariga qömondonlik qilgan şahzoda öğli Abdulaziz bilan birga 2020 yil sentyabrda hibsga olingan. 

Institut tomonidan söralgan mutaxassislar şahzodaning hibsga olinişiga valiahd şahzoda Muhammad aloqador, deb hisoblaşmoqda. Ta'kidlanişiça, valiahd şahzoda mamlakatda göyoki iqtisodiy vaziyat tobora yomonlaşib borayotgani sababli şu yöl bilan şahzoda Fahd oilasini davlat ğaznasini töldirişga majbur qilmoqçi.

Bu Saudiya Arabistoni podşohlik oilasi bilan boğliq birinçi mojaro emas. Valiahd şahzoda Muhammad, şuningdek, şahzoda Mansur bin Mukrinning ölimiga aloqador deb hisoblanadi. Şahzoda Mansur 2017 yilda baxsiz hodisa oqibatida vertolyotda halokatga uçragan. Biroq norasmiy versiyaga köra, şahzoda Mansur valiahd şahzodaga işlovçi va dissidentlarni bartaraf etişga javobgar “Yölbars” (Tiger Squad) maxsus otryadi tomonidan yöq qilingan.