Şumanay tumani prokuraturasi qişloq xöjaligida yer va suv resurslaridan samarali foydalanişga qaratilgan qonunçilik ijrosini örgangan. Uşbu jarayonda qator qonunbuziliş holatlari aniqlangan.

Yer resurslari va köçmas mulk kadastri tuman filiali boşliği lavozimida işlagan B.Allamuratov xizmat vazifasidan ğaraz maqsadda foydalangani ayon bölgan.

Allamuratov tuman quriliş bölimi boşliği vazifasini bajaruvçi K.Otamuratov bilan til biriktirib, hokim qarori va boşqa rasmiy hujjatlarni qalbakilaştirgan hamda Q.Mambetmuratov ismli fuqaroga yer fondi zaxirasidagi 0,04 gektar maydonni uy quriş uçun olib berişini va'da qilgan. Qalbaki quriliş pasportini tayyorlab beriş evaziga undan 2,5 mln söm pulni olib, 1 mln sömini öziga qoldirgan va qolganini K.Otamuratovga bergan.

K.Otamuratov esa tanişi A.Matirzayev bilan til biriktiradi va yuqorida qayd etilgan usulda unga tuman yer fondi zaxirasidagi 0,04 gektar maydondan uy quriş uçun qalbaki quriliş pasportini tayyorlab beradi.

Bu harakatlari uçun ularga nisbatan jinoyat işi qözğatilib, sud tomonidan jazo çoralari tayinlangan.

Kun.uz muxbiri vaziyatga oydinlik kiritiş maqsadida Şumanay tumani hokimligi matbuot xizmati bilan boğlandi. Hokimlik mutasaddilarning hozirgi faoliyati, ularga tayinlangan jazo çorasi haqidagi savollar oçiqligiça qoldi.

Eslatib ötamiz, bundan oldin Qoraqalpoğistonda mansabdorlarning korrupsion holat bilan boğliq jinoyatlar soni ma'lum qilingandi.