Yevro-2020. 1/8 final
Şvetsiya — Ukraina — 1:2 q.v. (1:1, 0:0, 0:1)
Gollar: Zinchenko, 27 (0:1). Forsberg, 43 (1:1). Dovbik, 120+1 (1:2).
Şvetsiya: Ulsen, Lustig (Kraft, 83), Lindelef, Danielson, Augustinsson (Bengsson, 83), Larsson (Klasson, 97), Ekdal, Olsson (Helander, 101), Forsberg, Kuluşevski (Kuayzon, 96), Isak (Berg, 97).
Ukraina: Buşçan, Karavayev, Krivsov, Zabarnyy, Matviyenko, Sidorçuk (Bezus, 118), Stepanenko (Makarenko, 94), Şaparenko (Malinovskiy, 61), Yarmolenko (Dovbik, 106), Zinchenko, Yaremçuk (Besedin, 91. Tsigankov, 101).
Ogohlantirişlar: Kuluşevski, 70. Yarmolenko, 79. Forsberg, 85. Dovbik, 120+2.
Çetlatiş: Danielson, 99.
Hakamlar: Orsato. Jallatini, Preti (barçasi — Italiya).
VAR: Irrati. Di Bello, Meli, Valeri (barçasi — Italiya).
29 iyun. Glazgo. «Hempden Park» stadioni.

Ukraina termasi pley-offga çiqiş-çiqmasligini guruh bosqiçidagi barça öyinlar yakunlanguniga qadar kutib turdi. Andrey Şevçenko şogirdlari sönggi turda avstriyaliklarga yutqazib, özlari bu vazifani uddalay olişmadi (Ikkinçi turdan keyinoq pley-off masalasini hal qilib bölgan Şvetsiya esa oxirgi turda yöllanma uçun ukrainlarning raqobatçisi bölgan Polşani mağlub etib, ukrainlarni özlari uçun pley-offdagi birinçi raqib sifatida tanlaşdi.). Avstriyaga qarşi öyinda ukrainlarning öyini umuman çiqmagandi: ular şunçaki öyini yaxşi taşkillaştirilgan va jismoniy jihatdan yetuk bölgan raqibga qarşi heç narsa qila olişmadi. 

Bunday xarakteristika Şvetsiya termasiga ham mos tuşadi, ammo Şevçenko öz ştabi bilan Avstriyaga qarşi öyindan kerakli xulosalarni çiqargandi. Slavyanlar uç markaziy himoyaçiga asoslangan sxemaga ötişdi, bunda bir örinni Krivsov egalladi: agar himoyada bu baland böyli futbolçi bölmaganida skandinavlar ikkinçi qavatda yaqqol ustunlik qilgan bölişardi. Şuningdek, Stepanenko tarkibga qaytdi, u joriy turnirda faqat bir marta — makedonlarga qarşi ğalabali uçraşuvda maydonga tuşgandi.

Şvedlar öyin boşidan töpga egalik qila boşlaşdi, hujumda Kuluşevski faollik körsatdi. Koronavirusga çalingani tufayli «Yuventus» futbolçisi dastlabki turlarni ötkazib yuborgandi va faqat polyaklarga qarşi öyinning ikkinçi bölimida öynab, ikki golli uzatma muallifiga aylangandi. Ukrainlar öyinning bunday boşlanişiga tayyor bölib çiqişdi va bu holat ularga ma'qul ham edi. Jamoalar navbatma-navbat hujumlar uyuştirişdi, ukrainlar gali kelganida töpni raqib hududiga olib borişdi va hisobni oçişdi. Yarmolenko öng qanotdan kirib kelib qarama-qarşi tomonga töpni yönaltirdi, Zinchenko esa töpni töxtatmasdan zarba berdi.