Davlat soliq qömitasining xabariga köra, Vazirlar Mahkamasining 249-sonli qaroriga muvofiq, mahsulotlar (tovarlar va xizmatlar) ning yagona elektron milliy katalogi tasdiqlandi.

Qaror bilan DSQga mahsulotlarning  yagona elektron milliy katalogi (pozitsiya, subpozitsiya, brend va atribut) ni kengaytirib borişi, ya’ni mahsulot va xizmatlarning identifikatsiya kod (MXIK) larini şakllantirişi vakolati berildi.

Mahsulot va xizmatlarning identifikatsiya kodi ma’lum bir mahsulot yoki xizmat turiga tayinlangan belgilar (raqamlar) töplami körinişida taqdim etilgan mahsulot va xizmatlarning kodi hisoblanadi.

Rasmiy xabarga köra:

  • elektron katalog bazasida mahsulot va xizmatlarga bosqiçma-bosqiç 17 raqamli identifikatsiya kodlari yaratilmoqda;
  • hozirda yuqori likvidli mahsulotlar, dori vositalari, tamaki va alkogol mahsulotlari hamda imtiyoz qöllanilgan mahsulot va xizmatlar uçun 10 mingdan ortiq identifikatsiya kodlari yaratildi;
  • Vazirlar Mahkamasining tegişli qarorlariga muvofiq, MXIK kodlari elektron hisobvaraq-fakturalar, elektron şartnomalar hamda onlayn-NKM yoki virtual kassa çeklarida aks ettirilişi lozim;
  • özgarişlar joriy yilning 1 iyul sanasidan ommaga töliq joriy qilinadi.

Avvalroq, 1 iyuldan boşlab parrandaçilik, oilaviy nodavlat maktabgaça ta’lim hamda çorvaçilik sohalariga beriladigan imtiyozlar haqida xabar qilingandi.