Fransiya şarqida 29 iyunda kuçli momaqaldiroqdan keyin köplab aholi punktlari 60 santimetr balandlikda döl bilan qoplandi. Yomon ob-havo markazida Vogeza departamentida joylaşgan Plomber-le-Ben şahri qoldi.

Mahalliy aholi belkuraklar va qorni tozalovçi qurilmalar bilan muz uyumlarini tozalaşlariga töğri keldi. 

Ob-havo şaroiti yomonlaşgani sababli şahar yaqinidagi trassada harakat deyarli töxtab qolgan. Bundan taşqari, döl drenaj tizimlarini yopib qöygan va buning oqibatida toşqinlar yuzaga kelgan.

Fransiyadan taşqari, Germaniya va Şveytsariyaning bir qismi ham kuçli yomğir, döl va böron iskanjasida qolgan. Germaniyada bir neçta avtomobil tunnellari toşqin ostida qolgan, Ştutgartda esa temir yöl aloqasi töxtagan.

Şveytsariyaning Lyutsern kantonida diametri 7 sm keladigan döl yoğgan. Buning oqibatida kamida 5 kişi turli oğirlikdagi jarohatlar olgan.