Davlat statistika qömitasi 2021 yilning yanvar-may oylarida Özbekiston eksportida yuqori uluşga ega bölgan hamkor davlatlar önligini e'lon qildi.

Unga köra, 835,4 mln dollarlik eksport bilan Xitoy birinçi poğonani egallagan. Şuningdek, Turkiya (694,1 mln) va Rossiya (658,6 mln) röyxatning ikkinçi va uçinçi örinlarini band qilgan.

Şu bilan birga, Özbekiston eksportidagi yetakçi davlatlar önligidan quyidagilar örin olgan:

-Qozoğiston – 442,0 mln.

- Afğoniston – 296,3 mln.

- Qirğiz R. – 273,0 mln.

- Tojikiston – 153,8 mln.

- Kanada – 84,8 mln.

- Eron – 81,6 mln.

- Ukraina – 68,7 mln. AQŞ dollari

2021 yilning yanvar-may oylarida Özbekistonning jami eksport hajmi 5,7 mlrd. AQŞ dollariga teng bölgan.

Avvalroq, Statqöm 2021 yilning yanvar-iyun oylarida respublikada 391 258ta tuğiliş holati qayd etilib, hududlar kesimida eng köp tuğiliş Samarqand viloyatiga töğri kelgani haqida xabar bergandi.